Iqtisodiy terminlar


Download 19.64 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1473789
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy terminlar


Iqtisodiy terminlar

  1. ABANDON - to'liq miqdordagi sug'urta summasini olish uchun sug‘urtalanuvchi sug'urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug'urtalangan kema nobud bo'lganda, u xabarsiz yo'qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to'g'risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug'urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi.

  2. AGRAR MUNOSABATLAR - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabadar

  3. AKSIONER - aksionerlik jamiyatining aksiyalariga egalik qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Aksiyalar turli shakllarda bo'lishi mumkin.

  4. AKSIONER QIMMATBAHO QOGOZLARI - bozor muomalasidagi pul hujjati bo'lib, hujjat egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqqa egaligini tasdiqlaydi

  5. AKSIONERLIK JAMIYATI - xo'jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri. Uning kapitali aksiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi. Aksionerlik jamiyatlari pul jamg'ar malar ining ishlab chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aksiyalarni chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko'rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.

  6. AKSIYA - frans. “action” so'zidan olingan bo'lib, aksiyador shirkat, jamiyat chiqargan qimmatbaho qog'oz bo'lib, unga ega bo'lgan a’zoga jamiyatni boshqarishda qatnashish, foydadan ulushini olish va jamiyat tarqalib ketgan holda uning mol-mulklarini taqsimlashda qatnashish huquqini beradi. Aksiya qiymati aksiyadorlar tomonidan so‘m bilan yoki xorijiy valyutalarda to* lan is hi mumkin. Biror mulkni aksiyador jamiyat mulkiga o'tkazishi yoki uni foydalanishga berishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining a’zolari aksiyalar qiymatini jamiyatga qaysi shakl va ko'rinishda to'lashlaridan qat’i nazar, u so'mda ifodalanadi. Aksiyaning eng kichik nominal qiymati 100 so‘m. Aksiyadorlarga aksiyalarining nominal qiymati summasiga teng miqdorda sertifikat berilishi mumkin. Aksiya bo'linmasdir. Agar 1 ta aksiya bir necha kishiga tegishli bo'lsa ham ularning barchasi aksiyadorlar jamiyati tomonidan 1 ta a’zo sifatida tan olinadi va o'z huquqlarini umumiy vakil orqali amalga oshirishlari mumkin. Aksiyada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim: aksiyadorlar jamiyatining nomi va manzili; qimmatli aksiyalarning nazorat paketi - aksiya egasiga aksiyadorlar jamiyatida amaldagi hukmronligini ta’minlaydigan aksiyalar miqdori; u aksiyadorlar jamiyatining yig'ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo'lish huquqini beradi. Aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aksiyadorlar jamiyatida hukmronlikni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan davlat ham yirik tashkilotlar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo'lishi mumkin.

  7. AKSIZ - keng iste’mol tovarlari va xizmatlaridan olinadigan egri (bilvosita) soliq turlaridan biri. Tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifhing tarkibiga kiritiladi. Odatda, yuqori rentabelli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini budjetga olish uchun sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan o'rnatiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va import qilingan aksiz to'lanadigan mahsulotlarga aksiz solig'i solinadi. Aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar budjetga aksiz solig'ini to'laydi. Aksiz to'lanadigan tovarlar ro'yxati va aksiz solig'i stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday tovarlar jumlasiga ichimlik spirti, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum vinosi, kon’yak, shampan vinosi, pivo, ikra, tamaki mahsulotlari, yengil va yuk avtomobillari, zeb-u ziynat buyumlari, neft va neft mahsulotlari hamda shu kabilar kiradi. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan aksiz to'lanadigan tovarlar uchun ularning qo'shilgan qiymat solig'i hisobga olinmagan holdagi (aksiz solig'i summasini o'z ichiga olgan) qiymati yoki mahsulotning tabiiy hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi. Ushbu soliq davlatga shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan to'lanadi hamda narxning oshirilishi bilan aholi gardaniga yuklatiladi. Sigaret, aroq, tuz, choy kabi mahsulotlar aksiz solig'i obyektidir. Masalan, sigaretning narxi 50 so'm bo'Isa, unga davlat 10 so'm aksiz solig'i soladi, natijada u 60 so'mdan sotiladi va 10 so'm davlat budjetiga daromad sifatida tushadi

  8. AKTIV - atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo'lish degan so'zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag'lar qanday amal qilayotganligi va ishlayotganligini ko'rsatuvchi mablag'lar guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolar yoki oldin sodir bo'lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo'lishi kerak: a) kelajakdagi iqtisodiy nafhing o'zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag'lari yoki ularning ekvivalentlarini ko'paytirish imkoniyati; b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash; v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealar natijasi bo'lishi. Aktiv buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma’lum bir muddatga subyekt mablag'larining tarkibi va joylanishini pul 15 ko'rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari, balansning passiv qismi ham mavjud bo'lib, aktiv va passiv tomonlar bo'lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo'lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkinki, yani aktiv tomonidagi mablag'lar manbalari balansning passiv tomonida joylashgan.

  9. AKTIV SCHYOTLAR - korxona mablag'larini hisobga oladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular mavjud mablag'lar, ularning tarkibi va joylashishi to'g'risidagi ko'rsatkichlarni beradi. Aktiv schyotlarda mablag'laming ko'payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. Oxirgi qoldig'i faqat debetda va buxgalteriya balansining aktivida ko'rsatiladi. Quyidagi schyotlar aktiv schyotlar hisoblanadi: bino, inshootlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalar (lOOOschyotlar)ni hisobga oladigan schyotlar; pul mablag'larini hisobga oladigan schyotlar; tovarmoddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlar.

  10. AMORTIZATSIYA - l) eskirishning qiymatdagi ifodasi bo'lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga qo shiladigan amortizatsiya qiymatini tizimli ko'rinishda taqsimlash; 2) asosiy fondlar qiymatini astasekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o'tkazilishi; mablag'laming maqsadli ravishda 18 jamg'arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning о'mini qoplashga ishlatilishi. 1. Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo'shib borish. 2. Alohida shaxs yoki tashkilotning o‘z qarzini asta-sekin, darajamadaraja to'lash majburiyatidan qutulishi; 3. Qarz majburiyatining yo‘qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish

  11. ASOSIY FONDLAR - mamlakat milliy boyligining muhim qismi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta foydalaniladigan va o'z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin o'tkazib boradigan aktivlar hisoblanadi. Bunday fondlarga imorat va inshoot, mashina va uskunalar, transport vositalari, bog'lar, uzumzorlar, geologiyaqidiruv ishlariga sarflar, EHM ma’lumotlar bazasi va ularni dasturlar bilan ta’minlash xarajatlari, san’at va adabiyotning nodir asrlari va shu kabilar kiradi.

  12. ASOSIY KAPITAL - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o'z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga sekin-asta o'tkazadigan capital

  13. ASOSIY VOSITALAR - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo'jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar.

  14. AUDIT - muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidanxo'jalikyuritayotgansubyektlamingmoliyaviyhisobotlari to'g'riligi, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligi, shuningdek, mukammaligi va asosliligi, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o'tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir.

  15. AUDITOR - auditor malaka sertifikatiga ega bo'lgan jismoniy shaxsdir. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo'Isa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo'lsa, u auditorlik tekshiruvi o'tkazishga jalb etilishi mumkin

  16. AUKSION - tovar yoki mol-mulkning eng yuqori narx taklif qilgan shaxs tomonidan katta omma oldida oshkora sotib olinishi (kimoshdi savdosi). Auksion sotuvchining o'zi tashkil qilgan, majburiy yoki bu munosabatlarda komissioner sifatida chiqadigan maxsus tashkilot orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu alohida xususiyatga ega bo'lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan maxsus bozor. Auksion o'zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.

  17. AVANS - korxonaning bajariladigan ish, o'tkaziladigan mol-mulk, ko'rsatilgan xizmatlar va boshqalar uchun to'lanadigan to'lovlar hisobiga beradigan yoki pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladigan dastlabki pul summasi yoki boshqa mulkiy qiymat. Avans - kredit shartlarida ko'rsatib berilganda, majburiy bo'lib, u shartnoma (kontrakt)da kelishilgan summaning 10-40 foizini tashkil etadi. 100 foiz avans to'lash kamdan-kam qo'llaniladi. Majburiyatlar bajarilmay qolgan taqdirda Avans qaytarib berilishi kerak. Yirik shartnomalar tuzilganda, Avans bank kafolati bilan ta’minlanadi. Avans (bay puli, zadatok)dan farqli o'laroq, majburiyatni bajarishni ta’minlash usuli hisoblanadi

  18. AYIRBOSHLASH - almashish, ayirboshlash; biror tovarni boshqa tovar yoki mahsulotga almashtirish.

  19. AYLANMA FONDLAR - ishlab chiqarish fondlarining xomashyo, yoqilg'i, yordamchi materiallarda ifodalangan qismi bo'lib, ular bir doiraviy aylanish davomida o'zining moddiy, buyum shaklini butunlay yo'qotadi va ishlab chiqarilgan mahsulotga o'z qiymatini to'liq o'tkazadi. Ular jumlasiga mehnatga haq to'lash uchun avanslangan mablag'lar ham kiradi.

  20. AYLANMA KAPITAL - xomashyo materiallar, energetika resurslarida moddiylashgan va bir ishlab chiqarish siklida sarflanuvchi, o'z qiymatini tayyorlangan mahsulotga to'liq ko'chiruvchi kapital.




Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling