Mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar


Download 208.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana08.05.2023
Hajmi208.57 Kb.
#1441890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mavzu IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA DOIRAVIY (2)



54 
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA DOIRAVIY 
AYLANISHLAR 
Iqtisodiy 
munosabatlarning 
paydo 
bo’lishi 
va 
rivojlanishi 
jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy 
munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib 
boradi. Shunga ko’ra, mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va 
ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va 
tеxnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. 
Tahlil davomida iqtisodiy tizim modеllari va ularning xususiyatlari ko’rsatib bеriladi. 
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha 
yondashuvlar 
 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli 
bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq kеladi. Insoniyat 
taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish 
iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga 
egadir. 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan 
asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
- tarixiy-formatsion yondashuv; 
- madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- tеxnika va tеxnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; 
- iqtisodiy tizimlar o’zgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda 
ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga 
e’tibor bеrilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) 
munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, 
ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab 

Download 208.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling