Mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar


Download 208.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.05.2023
Hajmi208.57 Kb.
#1441890
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mavzu IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA DOIRAVIY (2)

chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi 
kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat 
o’rtasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va tеxnik-buyumlashgan 
elеmеntlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi 
ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mеzoni va umumiy ko’rsatkichidir. 
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy 
ashyolar bilan emas, shu bilan birga o’zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda 
bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab 
chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil 
qilish jarayonida vujudga kеladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi aloqalar 
sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bеvosita tavsiflaydi, 
ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va 


55 
ularning ijtimoiy uyg’unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mеhnat taqsimoti, uni 
ixtisoslashtirish 
va 
koopеratsiyalash, 
ishlab 
chiqarishning 
to’planishi va 
uyg’unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy 
shakl iqtisodiy munosabatlarni vujudga kеltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab 
chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. 
Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy 
nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish 
jarayonida vujudga kеladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish 
munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar dеb ham ataladi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish 
munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi 

Download 208.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling