Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g’oyalari. Ma’lumki, xalqaro savdo nazariyasi asoslari XVIII asr oxirlari – XIX asr boshlarida mashhur iqtisodchilar Adam Smit va David Rikardo tomonidan shakllantirilgan.
Adam Smit o’zining “Xalqlar boyligi sabablari va ularning tabiati to’g’risida tadqiqotlar” (1776-y.) kitobida mutlaq ustunlik nazariyasini shakllantirdi va xalqaro erkin savdoning rivojlanishidan manfaatdor mamlakatlar undan mustaqil ravishda eksporter yoki importyorligidan qat’iy nazar, albatta, yutishini ko’rsatdi. A.Smit “almashinish har bir mamlakat uchun foydali ekanligini, har bir mamlakat unda mutlaq ustunlikni topishini” isbotladi. Xalqaro savdoda mutlaq ustunlik bu – mamlakatda ishlab chiqarishda boshqa mamlakatda mumkin bo’lmagan kam mehnat sarflab tovar ishlab chiqarishdir.
A.Smit tahlili klassik nazariyaning tayanch nuqtasi sifatida erkin savdo siyosatining barcha turlariga asos bo’lib xizmat qiladi. Biroq, bu mulohazalarni oxirigacha davom ettirib, shunday xulosaga kelish mumkin: agar mamlakat chetdan cheklanayotgan miqdorda, arzon bahoda istalgan barcha narsasini topsa, uning manfaatlari chetda ―hammasi‖ tusini oladi. Uning o’zi sotish uchun biror-bir narsa ishlab chiqarayaptimi? Hech narsa buni kafolatlay olmaydi. Ana shunda uni o’zi sotib oladigan narsalariga umid bog’lashdan boshqa iloji qolmaydi. Turgan gapki, bunda mutlaq usutunlik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi.
D.Rikardo ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish‖ (1819-y.) kitobida bu boshi berk ko’chadan chiqishning klassik nazariyasini olg’a suradi. U xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajrata turib, ikki davlat o’rtasida qaysi doirada almashinish maqbulligini ko’rsatadi. Har bir mamlakat o’z manfaatidan kelib chiqib ishlab chiqarishda ustunlik beradigan yoki nisbatan kam foyda beradigan sohaga ixtisoslashishi mumkin. Uning mulohozalari taqqoslama ustunlik
nazariyasida o’z aksini topadi.
D.Rikardo xalqaro almashinuv barcha mamlakatlar uchun zarur va manfaatli ekanligini ko’rsatib berdi. U shunday baho hududi (zonasi)ni aniqladiki, uning ichida almashinish hamma uchun foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |