Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Download 345.24 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Мавзу иқт-иж
tabiiy fanlar: tabiiy geografiya (landshaftshunoslik, poliogeografiya);
ijtimoiy fanlar: sotsial-iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, siyo-siy geografiya, tarmoqlar geografiyasi (sanoat geografiyasi, qishloq xo„jaligi geografiyasi, transport geografiyasi va boshqalar); tabiiy-sotsial fanlar: majmuaviy geografiya (tibbiyot geografiyasi, sotsial ekologiya, geoekologiya, rekreatsiya geografiyasi); tarixiy geografiya, toponimika, metageografiya, kartografiya singari muhim sohalar. R.D.Jonston Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarkibida iqtisodiy, sotsial (tor ma‟noda, ijtimoiy jarayonlar va aholini geografik o„rganish), siyosiy, madaniy, tarixiy va regional sotsiogeografiya kabilarni ajratib ko„rsatgan (R.D.Jonston, 1989). Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyekti va predmeti haqida turli xil fikrlar mavjud. Ilmiy adabiyotlarda geografiyaning ijtimoiy tarmog„i obyektini quyidagicha aniqlashtirish holatlari uchraydi: -inson hayoti va faoliyatiga tegishli hududiy mutanosiblik (bu yerda tabiiy hududiy mutanosiblik ham mavjudligini unutmaslik kerak); -hududiy majmualar, bu ham, albatta, inson bilan bog„liq ravishda; -hududiy (territorial, geografik), ijtimoiy (iqtisodiy, sotsial, siyosiy va boshqa) tizimlar; -iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning umumiy tadqiqot obyekti; -atrof-muhitning inson tomonidan o„zgartirilgan qismi yoki antroposfera; -iqtisodiy rayon va boshqalar. A.Y.Skopinning fikriga ko„ra, iqtisodiy geografiyaning obyekti antroposfera (ekosfera) bo„lib, bu yerda xo„jalik faoliyati rivojlanadi, tadqiqot predmeti esa, tizimli yondashuvlar asosida geoiqtisodiy muammolar yechimini izlash va antroposferaning transformatsiyasini o„rganishdir. 1960-1970-yillarda geografiya – hududiy tizimlar haqidagi fan degan qarashlar yuzaga keldi. Lyudvig fon Bertalanfi fikriga ko„ra: “Tizim bu doimo o„zaro munosabatda bo„lib turadigan elementlar majmuasidan iborat”. Y.G.Saushkin “Iqtisodiy geografiya – hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning shakllanishi, faoliyati va rivojlanish jarayonlari hamda ushbu tizimlarni boshqarish haqidagi fan”, deb ta‟kidlagan. A.I.Chistobayev, M.D.Sharigin, V.V.Voronin va boshqalar “iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hududiy ijtimoiy tizimlarni o„rganadi”, degan fikrni ilgari surishgan. A.S.Soliyevning fikriga ko„ra, har qanday fan alohida fan sifatida faoliyat olib borishi uchun, avvalo, u o„z tadqiqot obyektiga, o„zining predmetiga ega bo„lishi kerak. Bu yerda obyekt serqirra borliq, hodisa yoki voqealar bo„lib, u birgina fan uchun emas, balki ko„p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Masalan: aholi, ayni paytda, iqtisodchilar, demograflar, etnograflar, sotsial geograflar va boshqa fan vakillarini qiziqtiradi. Ammo har qaysi fan namoyandasi aholini o„z tomonidan o„rganadi. Jumladan, iqtisodchilar uchun aholi – bu asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, mehnat qiluvchi subyekt sifatida ko„riladi; etnograflar uchun aholini qiziqtiruvchi tomoni uning milliy urf-odati, kiyinishi, an‟analaridir. Demograf esa, aholini biosotsial kategoriya sifatida o„rgana-di, ya‟ni u aholining tabiiy va migratsion ko„payishi (tug„ilish, o„lim, ko„chib yurish), nikoh, ajralish va boshqa tomonlarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Demak, “obyekt” keng qamrovli tushuncha, predmet esa nisbatan tor ma‟noda bo„lib, u shu obyektning qaysi tomoni o„rganilishini bildiradi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning obyekti bo„lib ishlab chiqarish kuchlari, ularni hududiy tashkil etish, hududiy sotsial-iqtisodiy tizimlar xizmat qiladi. Shubhasiz, bu obyekt bilan iqtisodchilar ham shug„ullansa-da, geograflar, asosan, hududiy sotsial-iqtisodiy tizimlarning (yoki majmualarning) turli rayonlarda ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimoti jarayonida vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqarish qonuniyatlarini o„rganadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya predmetining asosini ishlab chiqarish kuchlarining turli darajadagi tarmoq, tarmoqlararo va hududiy shakllanishi, rivojlanishi va boshqarilishini takomillashtirishdan iborat jarayonlar tashkil qiladi. Bu jarayonlar nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va muammolarni o„z ichiga oladi. Ular tabiiy muhit va tabiiy resurslar majmuasi, aholining demografik xususiyatlari va joylashish tizimlari – kichik qishloq (ovul)dan to urbanizatsiyaning eng rivojlangan shakllari (megalopolis)ga qadar, mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik, migratsiya jarayonlari, moddiy ishlab chiqarishning yetakchi sohasi sanoat va uning tabaqalashgan tog„-kon, yoqilg„i-energetika, metallurgiya (qora va rangli), mashinasozlik, kimyo, o„rmon-sellyuloza, yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish majmuasi (dehqonchilik va chorvachilik), transport tizimi va uning mamlakat, mintaqaviy, xalqaro mehnat taqsimotidagi integratsion aloqalarning rivojlanishidagi roli, infratuzilmalar majmuasi (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy integratsiya hamda jahon xo„jaligi tarmoqlarini (mahalliy, mintaqaviy, xalqaro) hududiy tashkil qilish va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog„liq rivojlantirish, takomillashtirish, mintaqaviy va umumbashariy muammolardan iborat. Download 345.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling