Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Sotsial-iqtisodiy geografiya
Download 345.24 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Мавзу иқт-иж
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Sotsial geografiya
- 4. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o„zaro aloqasi.
2. Sotsial-iqtisodiy geografiya – aholi va aholi punktlari geografiyasi, shaharlar
geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat ko„rsatish sohalari (savdo, madaniy, maishiy, maorif va boshq.) geografiyasi, tijorat geografiyasi va h.k. 3. Sotsial geografiya – tibbiyot geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, xulq-atvor geografiyasi, turmush tarzi geografiyasi va boshq. 4. Siyosiy geografiya – geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy geografiya va boshqalar. Shuningdek, mazkur fan tarmoqlari, o„z navbatida, turli hududiy ko„lamda (jahon, mamlakat, viloyat va h.k.) o„rganilishi mumkinligini, ammo fanni undagi ilmiy yo„nalishlar bilan chalkashtirish, yangi fanlar “ixtiro” qilish maqsadida uni haddan tashqari parchalab yuborish ham yaxshi emasligini ta‟kidlanadi. Bu tizim-tarkib g„oyasiga mantiqan ziddir. Chunonchi, aholi geografiyasini mayda bo„limlarga bo„lib, ayollar yoki erkaklar geografiyasi, sanoatda – kiyim kechaklar yoki non geografiyasiga o„xshash “fanlarni” yaratish kulgili. Tizim ko„rilayogan maqsad va vazifasiga ko„ra, o„zining mustaqilligi, yaxlitligini ma‟lum darajagacha saqlab qoladi. Shu bois, tizimni cheksiz maydalash uni bosh maqsadidan chetlashtiradi va bu tizim o„zgacha ma‟no va mohiyatga ega bo„ladi. Masalan, sanoat geografiyasida birlamchi bo„lib sanoat korxonasi, aholi punktlari geografiyasida bu maqomda alohida qishloq yoki shaharlarni olish mumkin. Shu nuqtai nazardan, ularni yanada ko„p qismlarga bo„lish maqsadga muvofiq emas. 4. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o„zaro aloqasi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yagona, mukammal tizim ekan, fanning aynan shu ko„rinishda rivojlanishi uning ichki va tashqi aloqalarini kuchaytirishni talab etadi. Albatta, tizim nuqtai nazaridan uning ichki aloqalari muhimroq, ustuvorroq. Zero, ular fanning yaxlitligi, mustaqilligi, barqarorligini ta‟minlaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (ijtimoiy geografiya) bir qator fanlar bilan o„zaro aloqada bo„lib, uning tadqiqotlari va xulosalaridan keng foydalanadi. Xususan, bunday aloqador fanlar tizimini ikkiga ajratish maqsadga muvofiq: 1) tabiiy fanlar – ya‟ni tabiiy geografik fanlar tizimi, geologiya, biologiya, tuproqshunoslik va tarmoqlar ekologiyasi; 2) iqtisodiy va ijtimoiy fanlar, ya‟ni jahon iqtisodiyoti, mikro va makroiqtisodiyot, sanoat iqtisodiyoti, agrosanoat iqtisodiyoti, transport iqtisodiyoti, menejment va marketing, tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro munosabatlar, statistika, axborotlar texnologiyasi va informatika, falsafa, tarix, mamlakatlar milliy iqtisodiyoti, iqtisodiy- geografik fanlar tizimi, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, ijtimoiy ekologiya, sotsiologiya va xalqaro huquq. Ko„rinib turibdiki, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fani ko„plab fanlar bilan uzviy aloqada bo„lsa-da, bu fanlar bilan qo„shilib ketmaydi va mustaqil fan bo„lib, jamiyatni hududiy tashkil etish va boshqarishni majmuali o„rganishi bilan ajralib turadi. Download 345.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling