Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga hissa qo’shgan xorijiy olimlar reja
Download 38.62 Kb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga hissa qo’shgan xorijiy olimlar REJA: 1.Geografiyning ribojlanishiga hissa qo`shgan allomalar 2.Geografiya fanlarining hozirgi tizimi va unda tabiiy geografiyaning o`rni Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda ichida kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari ishlab chiqarish va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va strukturasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat. Shuningdek, I. va i.g. ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni oʻrganadi. I. va i.g. geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi. I. va i.g. umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoklari geogr.si, jahon xoʻjaligi geografiney, aholi geografiney, regional I. va i.g. ga boʻlinadi. Umumiy I. va i.g. ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi. Soha I. va i. g. da sanoat geografiyasi, qishloq xoʻjaligi geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda. Xizmat koʻrsatish sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot geogr.si kabilar shakllanmoqda. Regional I. va i.g. aniqmamlakat va rayonlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda I. va i.g.ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadi. Aynan shu maʼnoda uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy gʻoyalari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida i.ch. kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi oʻsish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir. Aholi geogr.si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogʻliq. Uning oʻzi esa aholining joylashishi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini oʻrganadi. Aholi geogr.sining deyarli barcha masalalari I. va i.g. doi-rasida oʻrganilishi mumkin. Aholi geogr.si I. va i.g.ning boshqa tarmoqlari (sanoat geogr.si, qishloq xoʻjaligi geogr.si, transport geogr.si) orasida alohida oʻrin tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geogr. masalalari ham I. va i.g.ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geogr. oʻrganadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei koʻp jihatdan maʼlum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boʻladi va, aksincha, siyosiy barkamollik xoʻjalik hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi. Iqtisodiy geografik maʼlumotlar antik davr va oʻrta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, i.ch.ning ixti-soslashuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogʻliq. I. va i.g.ning ahamiyati shoʻrolar imperiyasi parchalangach, mustaqillikka erishgan koʻpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga oʻtish davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda I. va i.g.ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oʻziga xos geografik xususiyatlari mavjud: 1) i.ch. tarmoklarining joylashishi oʻrganilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil qilinadi; 2) muayyan hudud (mamlakat, rayon, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga oʻrganiladi; 3) tabiiy-geografik sharoit al-batta eʼtiborga olinadi; 4) tadqiqot jarayonida masalaning hududiy (geografik) tomoniga alohida ahamiyat beriladi. I. va i.g. tabiiy geografiya bilan be-vosita bogʻliq. Oʻrganilayotgan mamlakat yoki rayonning tabiiy sharoiti, foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin boʻlgan tabiiy resurelarini bilish zarur. Chunki tabiiy sharoit xoʻjalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylashish xususiyatlari ga katta taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun bunday tadqiqotlarda tabiiy sharoit va re-surelarga iqtisodiy baho berish muhim oʻrin tutadi. I. va i.g.da iqtisodiy va ijtimoiy haritagrafiya ham katta ahamiyatga ega. Ushbu yoʻnalishdagi haritalar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning uzviy qismi va natijasidir. I. va i.g. oʻz tad-qiqotlarida tarixiy-ijtimoiy tahlilga asoslanadi va bu borada tarixiy geografiya, iqtisodiyot tarixi bilan bevosita aloqador. I. va i.g. koʻpgina boshqa fanlar (etnografiya, statistika, sotsiologiya, demografiya) bilan ham bogʻliq. Oʻzbekistonda ham anʼanaviy I. va i.g., koʻpgina jahon mamlakatlarida boʻlganidek, asta-sekin oʻz tadqiqot doirasini kengaytirmoqda. Ayni vaqtda I. va i.g. kichik masshtabli tadqiqotlardan yirik masshtabli taxlilga, oʻrta va kichik hududlarni chuqur oʻrganishga, amaliy (konstruktiv) masalalarni hal etishga ham ahamiyat bermoqda. I. va i.g. yangi shakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani bilan ham chambarchas bogʻliq. Bu ikki fanning tadqiqot obyekti bir, yaʼni i. ch.ning hududiy tarkibi va joylashishidir. I. va i.g. ushbu muammoni keng koʻlamda — jahon xoʻjaligi, mamlakat va rayonlar, turli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar doirasida oʻrganadi; regional iqtisodiyot, asosan, alohida olingan rayonlar xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Agar I. va i.g. iqtisodiylashgan geogr. boʻlsa, regional iqtisodiyot geografiylashgan (hududiylashgan) iqtisodiyotdir. I. va i.g.ning tadqiqot va xulosalari i. ch.ni maqsadga muvofiq joylashtirishga imkon beradi. I.ch.ni hududiy tashkil qilish va taqqoslashda faqat ayrim korxona yoki tarmoq emas, balki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan i.ch. sohalarining butun majmuasi nazarda tutiladi. Koʻp jihatlarni hisobga olib yondashish I. va i.g.ning bosh tamoyilidir. I. va i.g.ning muhim tushunchalaridan biri boʻlgan hududiy mehnat taqsimoti va uning bevosita mahsuli boʻlgan iqtisodiy rayonlar va ularning ichki aloqalari, rayonlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini oʻrganish ham I. va i.g.ning muhim va-zifalaridan biri. Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy rayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy omildir. Iqtisodiy rayon esa I. va i.g.ning asosiy tu-shunchasidir. Umumiqtisodiy rayonlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi rayonlari, sanoat markazlari mamlakatda i.ch.ni joylashtirish va hududiy mehnat taqsimotini tashkil qilish bir butun jarayonining samarasi, uning ayrim qismlari sifatida tashkil topadi. Hududiy mehnat taqsimoti I. va i.g. ning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. I. va i.g. hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlardan tashqari hududiy i.ch. majmualari va iqtisodiy geografik oʻrin (turli xoʻjalik obyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi, rivojlanish xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy i.ch. majmualarini toʻgʻri tashkil qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlikni taʼminlaydi. I. va i.g. oʻz tadqiqotlarida bir qancha anʼanaviy va hozirgi zamon ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Geografik taq-qoslash, haritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatish, balans, matematik metodlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va uning iqtisodiy rayonlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish va xoʻjalikning turli tarmoklarini joylashtirish boʻyicha yirik iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston FAning sobiq Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi kengashi tomonidan uyushtirilgan Fargʻona va Zarafshon ekspeditsiyalari natijasida iqtisodiygeografik maʼlumotlar toʻplangan. Oʻzbekiston I. va i.g.si boʻyicha 3. M. Akramov, A. S Soliyev, A. Roʻziyev va b.ning asarlari mavjud. Oʻzbekistonda iqtisodchi-geograflar davlat tashkilotlari, FA institutlari, ilmiy tadqiqot va loyihalash intlarida respublika i.ch.ini joylashtirish muammolarini hal qilishda hamda xalq taʼlimi sistemasida bevosita faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Yuqori malakali iqtisodchi-geo-graflar va geograflar Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarkand, Fargʻona, Termiz, Namangan davlat untlarida tayyorlanadi. I. va i.g. boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari ham ana shu oliy oʻquv yurtlarida, Oʻzbekiston FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geogr. boʻlimi va b. tashkilotlarda olib boriladi. I. va i.g. oldida turgan asosiy vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligi va uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga oʻtishidan bevosita kelib chiqib, yangi sharoitda i.ch.ni joylashtirish va boshqarishning nazariy masalalarini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni hududiy tashkil qilish muammolarini tadqiq qilish, mamlakatni iqtisodiy rayonlashtirish va uning regional siyosatini yaratish, iqtisodiy-geografik ba-shorat boʻyicha tadqiqotlarni kuchaytirish, jahon mamlakatlari oʻrtasidagi mehnat taqsimoti masalalarini oʻrganishdan iborat. Geografiyning ribojlanishiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri – sayyoh, geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, buyk rus olimi Petr Petrovich Semyonov – Tyanshanskiydir (1827 – 1914). U geografiyaning predmeti va vazifalari masalalri bilan ham bevosita shug`ullangan. U K.Ritterning “Osiyo Yer bilimi” asarining rus tilidagi nashriga yozgan so`zboshida keng va tor ma`nodagi geografiyani farqlaydi. Keng ma`nodagi geografiya Yer sharini qattiq, suyuq va gaz qobiqlari bilan birgaliqda, uning boshqa sayyoralarga va unda yashaydigan organizmlarga munosabati qonunlarini to`liq tadqiq qiladi.Uning firicha keng ma`nodagi geografiya tadqiqot predmetining o`zshashligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni vauning tuzilishi qonunlarini o`rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi. Tor ma`nodagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya`ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o`zi tomonidan belgilangan o`chmaydigan tuzulishiniham, inson qo`li bilan yaratilgan o`zgaruvchan, o`chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov – Tyanshanskiyning tor ma`nodagi geografiyasini mamlakatshunoslik deb hisoblagan edi. A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi. XIX asrning so`ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to`g`risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 – 1905) tomonidan rivojlantirildi. F.Rixtgofen geografiya o`simlikni Yer yuzasiga bo`lgan munosabatda, insonni esa butun tabiatga bo`lgan munosabatda o`rganish lozimligini ta`kidlagan edi. Geografiyaning eng asosiy maqsadi F.Rihtgofenga ko`ra, jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan bilan bog`lik ekanligini hisobga olgan holda insonning jonli va jonsiz tabiat bilan aloqalari va munosabatlarini ochib berishdan iborat. U geografiyaning o`rganish predmetini quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb hisoblagan; geografiyaning o`ziga xos maqsadi Yer yuzasida mujassam o`zaro ta`sirda namoyon bo`ladigan turli hodisalarga e`tiborni qaratilishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Yer yuzasining har qanday qismini geografik jihatdan o`rganishni mukammal tabiiy geografik tasvirlashdan boshlash va shundan so`ng boshqa tabiiy tavsiflar va ularnig o`zaro aloqalarini tadqiq qilish lozim. Fridrih Ratzel (1844 – 1904) sotsial geografiyning tarkib topishiga asos solgan nemis olimi. U o`zining “Antropogeografiya” deb nomlangan asarida tabiiy fenomenlarning inson tarixi yo`nalishiga ta`sirini bayon qilgan. U asosiy e`tiborni tabiiy sharotlarning insonga ta`sirini emas, balki inson faoliyatiga ta`sirini o`rgangan. F. Ratzelning asarlarida “Biosfera” termini (tushunchasi) ilmiy barqarorlikka ega bo`ldi va tan olindi. F. Ratzel geografik determinizmni sotsial darvinizm bilan to`ldirdi, ya`ni biologik qonunlarni ijtimoiy munosabatlarni o`rganishga ko`chirishga harakat qildi. U kengayishga intiladigan davlatning organizm sifatidagi g`oyaning ham asoschisidir. Pol Vidal de la Blash (1845 – 1918) – geografiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan fransuz olimidir.Uning fikricha geografik tadqiqotlarda asosiy e`tibor uncha katta bo`lmagan bir xil hududlarni bevosita o`rganish yo`li bilan inson va uning bevosita atrof muhiti (milieu) orasidagi mujassam o`zaro aloqalarga qaratilmog`i lozim. Fransiyada bunday hududlarni “peylar (pays)” deb atash qabul qilingan. Vidal geografik tadqiqot metodri to`g`risida bir qator g`oyalarni ishlab chiqqan. U xorologiya (yun. choros joy; logos fan, ta`limot) konsepsiyasini hududning o`zaro ta`sirda bo`lgan Yer yuzasining muayyan joylarini ifodalaydigan birligi orqali bog`langan ob`yektlar va hodisalarni o`rganish metodi sifatida qo`llab – quvvatlagan. Uning fikricha “…geografiya …bilimlarning umumiy xazinasiga o`zining tabiat qo`shgan narsalarni qismlarga bo`laklamaslik, umuman butun Yer yuzasida ham, ularning joylashuvining ayrim rayonlari doirasida ham narsalarning nisbati va aloqasini tushunish qobiliyatini kiritadi” deb yozgan edi (Jeyms, Martin, 1988). Vidal de la Blash asos solgan fransuz geografiya maktabi geografiyaning tabiiy va ijtimoiy komponentlariga baravar e`tibor bergan. Shu maktabning yorqin namoyondalaridan biri E. de Martonne asosan tabiiy geografiya bilan shug`ullangan. U geografiyadagi an`anaviy bilimni geologiya, geofizika va biologik bilimlarning ishonchli asoslari bilan qo`sha bilgan. Martonnega ko`ra tabiiy geografiya hududning bir butun geografik tadqiqotini o`z ichiga oladi. Uning fikricha, geografiya Yer yuzasidagi fizikaviy, biologik va inson faoliyati bilan bog`liq hodisalarni, bu hodisalarning sababiy bog`lanishlarini o`rganadi. Uningcha geografiyaning predmetini fizikaviy, biologik va inson faoliyati bilan bog`liq hodisalarning Yer yuzasi bo`yicha taqsimlanishi va bunday taqsimlanishning sabablari tashkil etadi. AQShlik geolog va geograf olim Nataniel Sautgeyt Sheylerning tadqiqolarida asosiy e`tibor Yer yuzasini kisxilarning hayoti bevosita bog`liq bo`lgan tabiiy resurslar manbai sifatida o`rganishga qaratilgan bo`lib, inson va uning faoliyatini landshaftning bir qismi sifatida qaragan. Shuningdek, uning fikricha Yer yuzasidagi o`zaro bog`liq bo`lgan predmet va hodisalarni tusuntirishda o`zgarish jarayonining ahamiyatini teran aniqlash lozimligini o`qtirgan. N.Sheyler J.Marshdan keyin birinchilardan bo`lib inson faoliyati, ayniqsa tiklanmaydigan tabiiy resurslarning qashshoqlashuvi jarayonida, Yer yuzasining ko`rinishini o`zgartirishiga e`tbor qaratgan. U doimo Yerni insonning uyi sifatida o`rganish zarur, deb hisoblagan. N.Sheylerning shogirdi taniqli AQShlik geograf Uilyam Morris Devis tabiiy geografiyaning, ayniqsa uning tarkibiy qismlaridan biri bo`gann geomorfologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shgan. Uning maktablarda, kollejlarda va oliy o`quv yurtlarida geografiyani o`quv fani sifatida tashviqot qilishda o`rni beqiyosdir. U.Devisda Yer to`g`risida umumiy fan va bu fan doirasida u sayyorani shakllantiruvchi dinamik modelni yaratish g`oyasi mavjud bo`lgan. Uning fikricha geografiyani o`rganish kopgina tabiiy fanlarga o`ziga xos muqadima bo`lishi lozim edi. U.Devis geografiyaning kegroq miqyosdagi konseptual tuzilmasini topishga harakat qildi. U odatda noorganik tabiatning nazorat qilishni amalga oshiradigan ayrim elementlari va organik tabiatning nazoratni aks ettiruvchi ayrim elementlari orasida mavjud bo`ladigan umumiy qonuniyatlarning sababi va oqibatlarini topishga harakat qildi. Uning fikricha, sababiy aloqa g`oyasida geografiyadagi eng aniq birlashtiruvchi prinsip mavjud. U geografiyani noorganik tabiatning yo`riqlari va organik tabiatning unga javobi orasidagi o`zaro munosabatlarni o`rganadigan fan sifatida belgilaydi. Mark Jefferson - geografiyaning tarkib topishi tarixida tushunchalar tuzulmasiga salmoqli hissa qo`shgan AQSHlik olimlardan yana biridir. Umumam M. Jefferson o`zining ilmiy ishlari bilan geografiyaning konseptual mazmunini ancha boyitdi.HH asrning birinchi yarmida AQShda geografiya asosan tabiiy muhitning insonga ta`sirini ochib berish bilan shug`ullangan.M.Jefferson o`quv fani sifatidagi geografiyaning fokusi (lot. focus manba, markaz,o`choq) “Yer va inson” tasavvuriga emas, balki “Yerdagi inson” tasavvuriga qaratilmog`i lozim. Uning fikricha, geografiyaning predmetiga berilgan ta`riflarning birortasi ham predmet to`g`risidagi qisman haqiqatni ochishdan boshqa narsaga da`vo qilishdan boshqa narsa emas; geografiyaning mohiyati taqsimlanishlar orasidagi ochib berish mumkin bo`lgan taqsimlanish va aloqalarning sabablarining mavjudligida ifodalanadi; kartografiya – geografiyaning san`ati bo`lib, geografiya fan sifatida joylashuv turlaridan har birining konfiguratsiyalarini (lot. configuratio ko`rinish, joylashuv) bir-biridan farqlash faktlarini fikrlaydi va ularning bir-birlari bilan aloqalarini qidiradi. Pollin D. Solsberi geografiyaning tabiiy geografiya bo`limini fiziografiya deb ataydi. Uning tasavvuricha fiziografiya inson munosanatlarining holati rivojlanadigan tabiiy muhitni ilmiy o`rganish bilan shug`ullanadi. Jorj B. Rurbah 1914-yilda “Geografiya nima ?” degan savolga javob olish maqsadida geografiya olimlari uchun savolnoma tuzib tarqatadi. Savolnomada geografiyaga oid ko`pgina muhim vazifalar qo`yilgan edi. Olingan javoblar asosida u geografiya Yer va hayot orasidagi o`zaro aloqalarni o`rganadi, degan javobda to`liq hamfikrlikni aniqladi. Alfred Hettner (1859 - 1941) F. Rihtgofenning geografiya talqinidagi xorologik konsepsiyasini mukammal ishlab chiqqan va rivojlantirgan nemis geografi bo`lib, geografiyaning mustaqilligini asoslashga harakat qilgan. Adabiyotlar Soliyev A. S, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari, T., 1995; Soliyev A. S, Qarshiboyeva L. Q., Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari, T., 1999; Саушкин Ю. Г., Введение в экономическую географию, 2 изд. М., 1970; Soliyev A. S, Mahamadaliyev R., Iqtisodiy geografiya asoslari, T., 1996. Download 38.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling