Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan mustaqil ish mavzu: Pul muomalasi sohasida xavfsizlikni ta’minlash tizimi Bajardi: ix-50-2 guruhi talabasi Abdullaev Ulug'bek Tekshirdi: Sobirova Malika


Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari


Download 42.85 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi42.85 Kb.
#1037569
1   2   3   4
Bog'liq
abdullaev

3. Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan.
Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog’liq.
Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’g’ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi.
Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi.
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha)
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha)
3. Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi.)
4. Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi
5. Pulni aylanish tezligi
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumin.

Bunda: MUZBPM – muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori
STVXM – sotiladigan tovar va xizmatlar mikdori
ShKVNPXKB – shundan kreditga va nakd pulsiz xisob – kitoblar bo’yicha
MBTM – majburiyatlar bo’yicha to’lovlar miqdori
ShBBKTM – shundan bir – birini qoplaydigan tulovlar miqdori
PMVTVSUAT – pulning muomila va tulov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi.
Kassa aylanmasi xomcho’ti 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish va kassa rejalari o’rniga tuzila boshlandi. Uni to’zishdan maqsad naqd pulga bo’lgan extiyojni butun respublika va bank muassalari buyicha aniqlash hamda pul muomilasini barqarorlash tadbirlarini ishlab chiqishni amalga oshirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi MB-ning 2005 yil 20 avgustdagi yuriqnomasiga binoan kassa aylanmasi xomcho’ti quyidagi asosiy kirim mablaђlari va naqd pullar chiqimi yo’nalishari buyicha to’ziladi.
I-kirim
1. Iste’mol tovarlarini qaysi kannallar orqali sotilishidan qat’iy 
nazar, ularning sotishdan tushgan savdo tushumlari.
2. Temir yo’l va xavo transportdan pul tushumi
3. Mahalliy transportdan pul tushumi.
4. Komunal va turar joy tulovlari bo’yicha tushumlar
5. Tomoshagoh tashkilotlaridan tushgan tushumlar
6. Maishiy xizmat kursatish korxonalaridan tushum
7. Soliq yiђimlari, boj tulovlari va boshqa majburiy to’lovlardan tushumlar
8. Qishloq xo’jalik faoliyati bilan shuђullanuvchi subyektlardan
tushumlar
1. Omonatlardan tushgan tushumlar
2. Pochta aloqasi korxonalaridan tushum
3. Bank plastik kartochkalaridan tushumlar
4. Mikrokreditlar qaytarilishidan tushumlar.
5. Boshqa tushumlar (armiya, ichki ishlar MXX va FVV, partiya va boshqa tashkilotlar).
Jami kirim.
Chiqimning kirimdan oshishi
II-Chiqim
1. Ish haqiga (shu jumladan stipendiya va xizmat safari xarajatlari) berilgan naqd pullar
2. Neft mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullar.
3. Šishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olib tayyorlash uchun berilgan naqd pullar
4. Qishloq xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanuvchi subyektlarga berilgan naqd pullar
5. Pensiya, nafaqa to’lovlari va sug’urta tovonlarni to’lash uchun berilgan naqd pullar
6. Bank plastik kartochkalari buyicha berilgan naqd pullar
7. Boshqa maqsadlar uchun berilgan naqd pullar
8. Mikrokreditlarga berilgan naqd pullar
9. Omonatlar bo’yicha berilgan naqd pullar
10. Pochta aloqasi korxonalariga berilgan madad pullari
Jami chiqim
Kirimning chiqimdan oshishi.
Ushbu xomcho’tni bank bo’linmalari barcha korxona va tashkilotlardan yiђib Markaziy bank topshiriqiga binoan kutilayotgan kvartal boshlanishiga 30 kun oldin yiђiladi.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni chuqur o’rganib pulni muomilaga ko’shimcha ravishda chiqarish yoki muomiladan olish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi.


Xulosa
Valyuta bozorlari - bu, talab va taklif asosida shakllanadigan kurs bo’yicha xorijiy valyutalarning milliy valyutaga oldi-sotdisi amalga oshadigan rasmiy markazlaridir. Jahon moliyaviy markazlari - xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va ixtisoslashgan kredit-moliya institutlari to’planuvining markazlaridir. Tarixan ular milliy bozorlar negizida, so’ng esa jahon valyuta, kredit, moliya hamda oltin bozorlari zaminida paydo bo’lgan. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo’lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. O’zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja bozori hisoblanadi. Milliy valyutamiz-so’mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasida aniqlanadi. Respublikamizda so’mning nominal birja kursi valyutalarning buyurtmali savdosi asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, O’RVBga a’zo bo’lgan tijorat banklari ikki xildagi buyurtmalarni birjaga beradilar: a) AQSh dollarini sotib olish maqsadida so’mda berilgan buyurtmalar; b) AQSh dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (dollarda berilgan buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalarni qabul qilishni to’xtatish to’g’risidagi buyruqni bergandan so’ng har ikkala xildagi buyurtmalar bo’yicha jami nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin so’mda berilgan buyurtmalarning jami summasini AQSh dollaridagi buyurtmalar summasiga bo’lish yo’li bilan o’zbek so’mining 1 AQSh dollariga nisbatan nominal birja kursi aniqlanadi. So’mning valyuta kursini 1 AQSh dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so’mning to’g’ri kotirovka rejimiga ega ekanligidan dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi hamda moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar valyuta tushumlarining ma’lum qismini majburiy tartibda sotishda qo’llaniladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning amaliyotida, xususan, AQSh, Yaponiya, Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi fiksing shaklida aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi.
Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, maklerlar va tijorat banklari dilerlari ishtirokida kun davomida amalga oshiriladigan valyuta savdosi jarayonida shakllangan talab va taklif asosida, operatsion kunning aniq bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan birja kursi aniqlanadi. Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi fiksing deb ataladi. Birjadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta savdosi tijorat banklari dilerlarining telefon yoki internet orqali so’zlashuvlari orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalarni sotish kursi bilan sotib olish kursi o’rtasidagi farq sifatida daromad oladilar. Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi aktivlarni qayta baholash, mavjud bitimga qarama-qarshi operatsiyalarni amalga oshirish orqali ham tijorat banklari valyuta operatsiyalaridan daromad oladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O’zbekiston Respublikasi Prezdintining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezdintining 2015 yil 22-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida” gi PQ-2455-sonli Qarori

  4. Sh.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. –T; O’zbekiston 2017 yil.

  5. I.A.Karimov. Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –T :O’zbekiston 2009 yil

  6. A.Sh.Bekmurodov, U.V.G’afurov. O’zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash: natijalar va ustuvor yo’nalishlar. O’quv qo’llanma –T .: TDIU, 2007 yil

  7. D.Sh.Bobobekova, B.O.Tursunov. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini oshirishning shart sharoitlari va asosiy yo’nalishlari.

  8. Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H. Iqtisodiy xavfsizlik: nazariya va amaliyot. Oʻquv qoʻllanma. -T.: “Noshirlik yogʻdusi”, 2019.

  9. Abulqosimov H.P. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi. Oʻquv qoʻllanma. -T.: “Akademiya”, 2012.

Internet saytlari

  1. www.Stat.uz Davlat statistika Qo’mitasi rasmiy sayti

  2. www.Lex.uz Huquqiy meyoriy hujjatlar partali

  3. www.Gov.uz Dаvlаt ахbоrоt rеsurslаrining pоrtаli

  4. www.mysoliq.uz O’zbekiston Soliq Qo’mitasining rasmiy sayti

  5. www.tfi.uz Toshkent moliya instituti rasmiy sayti

1 D.Sh.Bobobekova, B.O.Tursunov. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini oshirishning shart sharoitlari va asosiy yo’nalishlari

Download 42.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling