Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar
Download 178.94 Kb.
|
Foziljonov Suxrobbek (1)
“Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo’ladigan aralashish va taziqlarsiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’li hamda shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash mexanizmlarini yaratishga bo’lgan tayyorligi va qobiliyati hamdir. Rossiyalik mashhur olim, akademik L. Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko’rsatgan. Bular: iqtisodiy mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi. 8 L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog’liq qilib qo’yadi
Download 178.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling