Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash yo’llari Reja: Kirish
O’zbekistonda iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari
Download 105 Kb.
|
almardonov mamurjon kurs ishi2
3. O’zbekistonda iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari
O’zbekistonda EIHlarni tashkil etish g’oyasi o’tgan asr 80 yillari oxirida ko’rib chiqilgandi. O’sha paytda ko’pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb hisoblashgandi. Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo’yicha xorij tajribasi shuni ko’rsatdiki, bu kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el investitsiyalarini keng ko’lamda iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish, eksport salohiyati va iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o’rinlarini barpo etish kabi masalalarni hal etishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi 220-I bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi. Qonun uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi qismda EIHning huquqiy tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib o’tilgan. Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq faoliyat ko’rsatadilar. O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar To’g’risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Shunigdek, bugungi kunda respublikamizda EIHlarning boshqa turlari ham tashkil etilishiga erishildi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O’zbekistondа EIHni tashkil etishdaquyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1. EIHni tashkil etish to’g’risida mahalliy hokimiyatning qarori. 2.EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi Ko’rsatiluvchi Nizom loyihasi. 3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko’rsatilgan xaritasi. 4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi. 5. EIHni tashkil etish to’g’risidagi qarorning loyihasi. Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va me’yorlar yaratildi. Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. U 2008 yilda tashkil etildi. “Navoiy” EIH Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli er uchastkasida joylashgan. “Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir qancha sabablari bor. Jumladan, O’zbekistonni o’zining salohiyatli hamkori, deb tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridir. Qo’shimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq bo„lishiga imkon beradi. Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yo’li aynan O’zbekiston orqali o’tadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni Bog’lovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, MDH Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors ko’rfaziga chiquvchi temir yo’l o’tadi. Navoiy hududi orqali temir yo’lning barcha asosiy trassalari o’tgan. U Janubda Eron va Turkiya portlariga, G’arb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bog„lovchi eng qisqa temir yo’ l marshruti ham aynan Navoiy orqali o’tadi. 2008-yilning noyabr oyida “O’zbekiston Havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko’ra, Navoiy xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida “Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona transcontinental intermodal logistika markazi tashkil etildi. Bugungi kunda “Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilanta‟minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha turdagi havo transportlarini, shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblangan Boing-747 va AH-124 samolyotlarini ham qabul qila oladi107. “Navoiy” EIZdan 2000 km radiusda 11 ta mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik shaharlari joylashgan108.Havo-transportidan foydalanib, yuklarni tashishda O’zbekiston orqali o’tadigan havo yo’laklaridan foydalanish – xarajatlarni va vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy – Sharqiy Osiyodan Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa 1000 km.ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 15 tonna yoqilg’i iqtisod qilinadi. 2010-yilning avgust oyidan boshlab o’z faoliyatini boshlagan “Navoiy” xalqaro aeroportida tashkil etilgan xalqaro yuk terminali “Navoiy” EIH loyihasining muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Navoiy” EIHning “geografik jihatdan qulayligini Osiѐ va Yevropa qit’alarini Bog’lab turuvchi havo, temir yo’l va avtomobil yo’llarining mavjudligi, xalqaro transport koridorining mavjudligi va ushbu koridor orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg’oniston, Eron, Yaqin va O’rta Sharq, Osiyo Tinch okeani mintaqasi, Rossiya va Boltiqbo„yi mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatiga egaligi kabi omillar bilan izohlash mumkiniv”. Bundan tashqari, mamlakatimizda 2012-yilda tashkil etilgan “Angren” MIZ va 2013-yilda tashkil etilgan “Jizzax” MIZ mamlakatimizda yangi ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo’lsalar-da, biroq, mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni ta’minlash imkonini yaratdi. buning natijasida, so’nggi 2,5 yil ichida mamlakatimizda yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining tashkil etilishiga erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan sanoatlashtirishda diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga olib ixtisoslashtirilgan holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kast etadi. Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning hisobga olinganligi, ularni yanada takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi, shuningdek, ko’plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma’muriy kengashlarning mustaqilligi va mas’uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari asosida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo’yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar taraqqiyotini ta‟minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, ushbu zonada maxsus huquqiy rejim, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo„lgan fuqarolarning kirishi, bo’lishi va chiqib ketishining, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma olishining soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnikani, texnologik liniyalari va modullarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatining asosiy yo„nalishi hisoblanib, faoliyat ko„rsatish muddati 30 (o„ttiz) yilni tashkil etib, ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalaridan foydalanilayotganligi, har qanday ob-havo sharoitida ham 1000 tonnadan ortiq yuklarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’lib, samarali tarzda eksport, import va tranzit yuklarga xizmat ko’rsata oladi. Janubiy Koreyaning “Korean Air Co” havo yo’llari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro logistika markazining rivojlantirish yo’nalishlari 3 bosqichga mo’ljallangan bo’lib, 1-bosqichda (2009-2010 yy.) qulay infratuzilmani barpo etish, 2-bosqichda (2011-2013 yy.) faoliyat yo’nalishini kengaytirish, 3-bosqichda (2014-2019 yy.) ushbu logistika markazinining to’laqonli faoliyatini ta’minlashdan iboratdir. 2010-yilda logistika markazi tomonidan 11 ta yo’nalish bo’yicha, jumladan, Bangkok, Bombey, Bryussel, Dakka, Dehli, Dubay, Seul, Istambul, Milan, Frankfurt, Shanxay shaharlariga yuk va yo’lovchi tashish qatnovlari yo’lga qo’yildi. 2011-yildan esa 7 ta yo’nalish (Olma-ota, Boku, Bishkek, Tehron, Xanoy, Chendu, Saragosa) bo’yicha doimiy qatnovlar yo’lga qo’yildi. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga jalb etilgan to’g’riridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobiga o„z mahsulotini eksportga yo„naltiruvchi korxonalar faoliyatining samarasi sababli Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi tobora kengayib bormoqda. Buni quyidagi rasmlardan ko„rish mumkin. Unga ko„ra, tashqi savdoda asosiy hamkorlar sifatida Osiyo va Yevropa mintaqalari davlatlari o’rin olgan. Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud: - turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo„lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati; - ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog„liq yirik bozorlarning mavjudligi; - transport infratuzilmasining rivojlanganligi; - katta inson salohiyatining mavjudligi; - hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati. Mazkur hududning rivojlanishi iqtisodiyot rivoji va raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bugungi kunda respublikamizda yana bir qancha EIHlarning tashkil etilganligi ularni rivojlantirishga bo„lgan e‟tiborning yanada ortishiga sabab bo’lmoqda. Bu borada to’plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan foydalanish, Farg„ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, 2012-yilda “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilingan edi. “Angren” EIH, birinchi galda, o’z vaqtida sanoat shaharlari sifatida tashkil qilingan, ammo bu salohiyat o’z davrida bir yoqlama, markazga yo’naltirilgan ishlab chiqarishga asoslanib qolgan Angren va Ohangaron shaharlarining bugungi kunda isloh etilayotgan sanoat tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o’z navbatida, zamonaviy texnologiyalar asosida qo’shimcha ish o’rinlari yaratilishini ta’minlaydi. Bu bilan ushbu maxsus iqtisodiy zona Toshkent viloyatidagi ikkita yirik hudud – Angren hamda Ohangaron shaharlari va ularning atrofidagi mahalliy punktlarda istiqomat qilayotgan aholi farovonligini oshirishga ham munosib ulush qo’shadi. Mazkur EIHning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimoli- sharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda barpo qilinadi. Bu hududda “Angren” logistika markazi ham joylashganligi esa, yangi industrial zona salohiyatining oshishiga qo’shimcha yordam bo’ladi. Shuningdek, O’zbekistonni Qirg’iziston orqali Xitoy bilan bog’lovchi bo’lajak avtomagistralning Angren shahridan o’tishi, qolaversa, ushbu shahar mamlakat poytaxtini Farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi asosiy nuqtalardan biri ekanligini inobatga olsak, “Angren” EIH ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosdahamiyatga molikligi yanada oydinlashadi. Shu tariqa bugungi kunda mamlakatimizning markaziy qismida joylashgan va ishlab chiqarish bilan bir qatorda, havo transporti vositasida xalqaro miqyosda xizmat ko’rsatishga asoslangan “Navoiy” EIH safiga shimolda joylashgan va ishlab chiqarishdan tashqari milliy hamda xalqaro miqyosda avtomobil yo’llari yordamida yuk tashishga asoslangan “Angren” maxsus industrial zonasi ham qo’shildi. “Jizzax” EIH viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hudud soliq va bojxona to’lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj to’lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil bo’lmoqda. “Jizzax” EIH tashkil etiishi natijasida o’tgan qisqa muddatda 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy hududning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14 ta, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 ta loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o„rni yaratildi. Doimiy ish o„rniga ega bo„lganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 2017-yilda “Jizzax” EIHda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard so„mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi110. Hozirgi kunda hududda avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto’lqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda111. Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa bozorlar uchun ham yangilikdir. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma’muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar bo’lgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqdav. Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini hisobga olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal etilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir: - EIHlar faoliyatini butun xo’jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus ishlab chiqarish; - transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish; - zarur infrastruktura: suv ta’minoti, elektr ta’minoti, ijtimoiy sharoit va boshqalar; - tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi; - bozorga kira olish; - mehnat qiymati va unumdorligi; - mavjud sanoat bazasi; - EIHlar ma‟muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi. Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o’zining ijobiy samarasini beradi, deb hisoblaymiz: - investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta‟sirini inobatga olingan holda olib borishni yanada rivojlantirish; - investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo’lgan lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish; - respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar tashkil etish; - mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo’lgan hududlarida yangi tashkil etilgan EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda ushbu EIHlar joylashgan hudud mahalliy hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o’rnatish va hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb nomlanadigan bo’ldi. Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning quyidagi asosiy yo’nalishlari belgilab berildi: - xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish; - mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori Qo’shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo’llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish; - erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o’tish; - ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko’rsatish bo’yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; - oliy, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo’lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish. Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan: - 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 3 yil muddatga; - 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 5 yil muddatga; - 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 7 yil muddatga; - 10 million va undan ko’p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so’nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig’i va yagona soliq to’lovi stavkalari qo’llangan holda – 10 yil muddatga beriladigan bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26-oktabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni EIHlarni izchil rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yana bir muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda. O’tish iqtisodiyoti davrida turgan O’zbekiston Respublikasi uchun oldimizga qo’yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish zaruriyatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari: - milliy iqisodiyotni qayta tuzish; - mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni yo’qotish; - mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish; - import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish; - raqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va aralash sektorlarini shakllantirish; - bozor infratuzilmasini yaratish; - ilg’or chet el texnologiyasi, nou-xau va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish. O’z navbatida, respublikamizda ko’p yillar davomida yaratilgan qulayliklar asosida aytish mumkinki, O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud: – siyosiy barqarorlik; –xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining shakllangani; – investitsiya jarayonini qo’llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo etilgani; – mamlakatning qulay geografik joylashuvi; – agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi; – yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi; – savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi. Xulosa Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda davlat o'z oldiga turli vazifalarni qo'yadi. Ba'zi bir davlatlar esa, ushbu zonalar orqali konkret mintaqaviy muammolarini hal etishga harakat qiladilar. Bu mamlakatlar iqtisodiyoti ko'p hollarda kutilgan ishsizlik bilan, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning past darajasi bilan, ishlab - chiqaruvchilari va iste'molchilar qiziqishi hamda ularning himoyasi bilan bog'liqdir. Boshqa davlatlarda erkin iqtisodiy hududlar o'z ishlab - chiqarishining raqobatbardoshligini oshirishda ilg'or xorijiy texnologiyalardan va boshqarish tajribalaridan hamda jamg'arma vositalaridan samarali va keng foydalanmoqdalar. Erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan imkoniyatlar har ikki tomon manfaatlariga mos keladi. Erkin iqtisodiy hududlarda chet el sarmoyasi uchun yaratilgan afzalliklar qatoriga imtiyozli soliqlarning mavjudligi, mintaqaviy milliy bozorga chet el sarmoyasining kirish huquqining mavjudligi, past xarajatli ishlab - chiqarishni ta'minlash uchun muayyan sharoitlarning mavjudligi (jumladan, arzon ishchi kuchi hisobida), pasaytirilgan foiz stavkalari bo'yicha moliyalash imkoniyatining mavjudligi, yerga mulkchilik huquqining mavjudligi kiradi. Bu yaratilgan imkoniyatlardan milliy iqtisodiyot ham foyda ko'rishi mumkin. Masalan joylardagi tabiiy resurslardan yanayam ratsional foydalanish lozimligi, ushbu zonalarga yangi texnika va texnologiyalarni olib kirish zarurligi, savdo- eksport operatsiyalarini amalga oshirish, eksportga yo'naltirilgantovar ishlab chiqarishni rivojlantirish, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot strukturasini qayta qurish, aholi bandligini oshirish, ular uchun ish o'rinlari yaratish va uning natijasida ishsizlik darajasini pasaytirish, aholini yashash farovonligini oshirish, ularning oladigan daromadining yuqoriligini ta'minlash va yuqori sifatli tovarlar bilan mintaqaviy bozorni yanada to'ldirish, ichki bozorda xalqaro tijorat, mintaqaviy va milliy iqtisodiyotni vaqtincha himoya qilish, xalqaro kreditlar uchun qulay sharoitlar yaratish va moliyalashtirishning yangi manbalarini izlab topish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yangi imkoniyatlarni izlashdan iborat. Mana shu yuqorida qayd etilgan imkoniyatlar har bir milliy iqtisodiyot uchun zarurdir. Xitoy erkin iqtisodiy hududlari yangi iqtisodiy aloqalarning bosh vositasichi sifatida namoyon bo'lmoqda. Ko'pgina xalq iste'mollari, xususan, bolalar o'yinchoqlari, poyafzal, velosipedlar, plastikadan ishlangan uy ro'zg'or buyumlari va boshqalarni ishlab chiqarishda, Xitoy erkin iqtisodiy zonalari dunyoda asosiy o'rinlarni egallamoqda. Hozirgi kunda nafaqat Xitoyda balki bugun chet ellarda tobora qiziqish uyg'otayotgan Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi , Angren va Jizzax maxsus industrial zonasi ham O'zbekiston iqtisodiyotida muhim o'rin egallaydi. Davlatimiz rahbarining —Navoiy viloyatida erkin industrial- iqtisodiy zona, Angren va Jizzax maxsus industrial zonasi tashkil etish to'g'risidagi Farmoniga hali ko’p bo'lmagan bo'lishiga qaramasdan bu hududlarda ko'lamli va beqiyos ishlar amalga oshirildi. Bu esa viloyatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirib qolmay, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy yuqori texnologiyalarni hayotga joriy etish, xorijiy investitsiyalar jalb qilish ufqlarini kengaytirmoqda. Jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish, qo'shimcha ish o'rinlari yaratish, aholi faravonligini yanada yaxshilash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro tajribada erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish nafaqat sarmoyalarni jalb etishda, balki hududiy iqtisodiy siyosat vositasi sifatida samarali foydalaniladi. Xalqarohamjamiyat respublikamizni ishonchli investitsion sherik sifatidagina emas, ayni paytda investitsion va boshqa majburiyatlarni talab darajasida bajaradigan sobitqadam davlat deb biladi. Bugun bu zamin chet elliklar nazdida Navoiy sanoat industriyasi taraqqiy topgan ulkan imkoniyatlar shaxriga aylanmoqda. “Angren” maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi. Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bundan ko’rinib turibdiki, EIZlar O’zbekiston uchun juda zarur va rivojlanish cho’qqisining bir ko’rinishi desak, xato bo’lmaydi nazarimda. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling