O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA FAKULTETI AVTOMOBIL YO’LLARI VA AERODROMMLAR KAFEDRASI 6M-AYLQ-19 GURUH MAGISTRANTI MAMAJONOV MURODJONNING ILMIY TADQIQOD ISHLARINI REJALASHTIRISH VA NIB FANIDAN BAJARGAN KURS ISHI Qabul qildi: phd D.Mahkamov Mavzu: Avtomobil yo’llarini loyihalashda GAT texnologiyalarini qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish. Reja: 1.Kirish. 2.Mavzu bo’yicha yig’ilgan va qayta ishlangan ma’lumotlar. 3.Xulosalar. 1.Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi №PF_5890 sonli “O’zbekiston Respublikasi yo’l xo’jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonlarida aytilgan yo’l xo’jaligi xususan avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ta’mirlash ishlari hajmi endilikda deyarli uch baravar oshirilishi biz yo’lchilarni oldimizga katta masuliyat yuklaydi. Farmonning yana bir katta ahamiyatli jihati aynan hozirgi zamon texnologiyalarini qo’llash orqali yo’l xo’jaligi kadastr tizimini shakllantirishdir. Farmon 12-bandida geoaxborot tizimi mobil ilovasini qo’llagan holda avtomobil yo’llari obyektlari joylashuvini aniqlash vazifasi qo’yilgani, GAT texnologiyalarini bilish, ularni amaliyotga qo’llash va talabalarga geoaxborot tizimlarini o’rgatish bugunning dolzarb masalasi bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |