Taklif iqtisodiyoti nazariyasi tarafdorlari
iqtisodiy o’sish birinchi
navbatda, taklif omillariga bog’liq va puxta o’ylangan soliqqa tortish tizimi orqali
rag’batlantirilishi lozim deb hisoblaydilar.
Iqtisodiy o’sishning bosh maqsadi moddiy farovonlikning o’si-shida
ifodalanadi va quyidagilarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi o’rtacha daromadlarning o’sishi;
- bo’sh vaqtning ko’payishi;
- ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar turli tumanligi va sifatining
yaxshilanishi.
Iqtisodiy o’sishni tahlil etishda "ishlab chiqarish samaradorligi" va "iqtisodiy
o’sish sifati" tushunchalarini alohida o’rganish talab etiladi.
Iqtisodiy o’sishning "ishlab chiqarish samaradorligi" o’z ichiga quyidagilarni
qamrab oladi:
• tovar va xizmatlar sifatining yaxshilanishi, mahalliy va jahon bozorlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |