Asosiy tushunchalar va terminlar:
a) Inson kapitaliga investisiyalar.
b) Innovasiya.
c) iqtisodiy o’sish.
d) Ekstensiv iqtisodiy o’sish.
e) Intensiv iqtisodiy o’sish.
1. Real YaMM hajmining mutloq qiymatda yoki aholi jonboshiga hisobida o’sishi.
2. Xodimlar qobiliyatlarini rivojlantirish va malakalarini oshirishga yunaltirilgan,
investisiyalar.
3. Yangi texnologiyalarni birinchilardan bo’lib, tijoriy qo’llash.
4. Intensiv omillarga asoslangan iqtisodiy o’sish.
5. Ekstensiv omillarga asoslangan iqtisodiy o’sish.
To’g’ri – noto’g’ri:
1. Agar, YaMM hajmi aholi soni o’sishiga nisbatan tez sur’atlarda o’ssa, u holda
aholi jonboshiga YaMM kamayadi.
2. Rivojlangan mamlakatlarda texnikaviy taraqqiyot mehnat unumdor-ligi
o’sishining asosiy omili hisoblanadi.
3. Iqtisodiy o’sish, inson kapitaliga qo’yilgan investisiyalarga bog’liq emas.
4. Mamlakatda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmi ish vaqti soat
miqdorining mehnat unumdorligiga nisbatiga teng.
5. Real YaMM hajmi mehnat unumdorligiga bo’lingan mehnat xarajatlariga teng.
6. Tabiiy resurslar – O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning muhim omilidir.
7. Ish vaqti miqdorining o’sishi – iqtisodiy o’sishning intensiv omili.
8. Xodimlar sonining o’sishi – iqtisodiy o’sishning ekstensiv omili.
9. Iqtisodiy o’sish cheklanmagan ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi
ziddiyatni keskinlashtiradi.
57
Testlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |