Zararsizlik nuqtasi - umumiy xarajatlarning umumiy daromadlarga teng bo’lgan,
yoki o’rtacha xarajatlar mahsulot narxiga teng bo’lgan holat. Raqobatli bozor
sharoitida korxona uchun zararsizlik nuqtasini e’tiborga olish muhimdir, chunki
yuqori xarajatlar korxonaga daromad olish imkonini bermaydi.
I
Investisiya - ma’lum bir qaytimga ega bo’lish maqsadida ishlab chiqarishga
qilingan moddiy sarflar.
Inson kapitali - insonlar tomonidan o’z umrlari davomida to’plangan bilim,
ko’nikma, sog’liq va hayotiy tajriba.
Izokvanta - ma’lum bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilishi
mumkin bo’lgan omillar kombinasiyasini aks ettiruvchi egri chiziq.
Import - mamlakat ichki iste’mol bozorlarida sotish uchun xorijiy ishlab
chiqaruvchilar tomonidan mamlakat ichki bozorlariga tovar va xizmatlarning olib
kirilishi.
Indeksasiya - inflyasiya sur’atlarini hisobga olgan holda to’lovlar miqdorini
o’zgartirish.
Injiniring - muhandislik- qurilish, loyihalash xizmatlarini ko’rsatish.
Inflyasiya - umumiy miqyosda narxlarning o’sishi sifatida namoyon bo’luvchi
yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatning buzilishi.
Ipoteka - kredit olish maqsadida er yoki boshqa ko’chmas mulk ob’ektlarini
garovga qo’yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |