Ouken qonuni - iqtisodiy faollik va ishsizlik darajasining o’sishi o’rtasidagi
miqdoriy bog’liqlikni ifoda etadi. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlik darajasining o’z
tabiiy darajasidan 1% ortiq bo’lishi YaMMning o’z potensial hajmidan 2.5 % ortda
qolishiga olib keladi.
P
Pozitiv iqtisodiyot - ob’ektiv iqtisodiy voqelikni tahlil etishga asoslangan
iqtisodiyot.
Pul - barcha tovar va xizmatlarga ayriboshlana olish xususiyatiga ega bo’lgan
umumiy ekvivalent tovar. Pul qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi,
jamg’arish vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tovar pullar, ramziy pullar,
elektron pullar farqlanadi.
Patent - ixtirochilik huquqini tasdiqlovchi va unga yoki patentni sotib olgan
shaxsga ixtirodan tanho o’zi foydalanish huquqini beruvchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |