Pul massasi - iqtisodiyotda mavjud bo’lgan umum qabul qilingan to’lov
vositalarining umumiyligi.
Pul tizimi - tarixan tarkib topgan, qonunchilik asosida mustahkam-langan pul
muomalasini tashkil etish tizimi.
R
Rant’e - qimmatli qog’ozlardan olinuvchi daromadlar va foizlar hisobiga hayot
kechiruvchi shaxs.
Raqobat - ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida bozorda ustun
mavqega ega bo’lish, yuqori foyda olish maqsadida olib boriluvchi iqtisodiy
kurash. Raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi.
Renovasiya - jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan ishlab chiqarish fondlarini
Yangilash jarayoni.
Real YaMM - YaMMning inflyasiya sur’atlarini hisobga olgan holda hisoblangan
puldagi qiymati.
Reval’vasiya - mamlakat milliy pul birligining kursini boshqa mamlakatlar milliy
valyutalari kursiga nisbatan rasman ko’tarish.
Reklama - ma’lum bir mahsulot yoki xizmatni sotishni rag’batlantirish maqsadida
korxonalar tomonidan mutaqil yoki reklama xizmatlarini taklif etuvchi korxonalar
tomonidan amalga oshiriluvchi tijorat - targ’ibot faoliyati.
Restitusiya - Harbiy harakatlar natijasida bosib olingan va tashib chiqib ketilgan
mulklarni qaytarib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |