Iqtisodiyot asoslari pdf


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/165
Sana09.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#262760
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

 

 

 

Iqtisodiy rivojlanishning umumiy muammolari 

 

Har qanday  iqtisodiy tizim  mavjud bo’lishining yakuniy  maqsadi, jamiyat 



va shaxs ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. 

 

Ehtiyojlarni  qondirish  uchun  resurslarning  xarajat  qilinishi  bilan  iqtisodiy 



rivojlanishning  barcha  muammolari  bog’liqdir.  Bu  muammolarning  barcha 

echimlari iqtisodiyotning ikki aksiomasiga asoslanadi. 

 

Birinchi  aksioma  –  jamiyat  ehtiyojlari  cheksiz  deb  ta’rif  beradi.  Ikkinchi 



aksioma  –  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  zarur  bo’lgan  jamiyat  resurslari 

cheklangan deb uqtiradi. 

 

Yordamida ehtiyojlar kondiriluvchi vositalar ne’matlar deb ataladi. Ba’zi bir 



ne’matlar  jamiyat  ixtiyorida  cheksiz  mavjud  bo’lsa  (masalan:  havo),  ba’zi  birlari 

(masalan: neft’, ko’mir) cheklangan miqdorda mavjud bo’ladi va bunday ne’matlar  

iqtisodiy ne’matlar deb ataladi. 

 

 Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish uchun ma’lum resurslar (omillar) dan 



foydalaniladi.  Iqtisodiy  resurslar  deyilganda,  tovar  xizmatlar,  ya’ni  ne’matlar 

ishlab  chiqarish  uchun  foydalaniluvchi  barcha,  tabiat,  inson  va  inson  tomonidan 

yaratilgan resurslar tushuniladi. 

 

Resurslar quyidagi turlarga bo’linadi: 



•  Moddiy resurslar – er, kapital; 

•  Inson resurlari – mehnat va tadbirkorlik qobiliyati. 

Ishlab  chiqarish  omillarini  bugungi  iqtisodiyot  fanining  rivojidan  kelib  chiqqan 

holda quyidagicha tasniflashimiz mumkin: 

-  er; 

-  mehnat; 

-  kapital; 

-  tadbirkorlik qobiliyati; 

-  axborotlar; 

-  ekologiya. 




 

10 


  Er  ishlab  chiqarishning  tabiiy  omilidir.  U  inson  faoliyatining  natijasi  emas, 

balki tabiat in’omidir. 

  Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchisi  uchun  er ishlab  chiqarishning asosiy  va 

bosh vositasi hisoblanib, u bir qator xususiyatlarga ega: 

-  er tabiiy va sun’iy hosildorlikka ega bo’lishi mumkin; 

-  er - tabiatning in’omi, u erkin asosda takror ishlab chiqarilishi mumkin emas; 

-  insonning  er  hosildorligiga  ta’siri  cheksiz  bo’lishi  mumkin  emas,  chunki 

qaytimning kamayib borish qonuni bu sohada ham amalda bo’ladi. 

 


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling