Asosiy tushuncha va terminlar:
a) Ishlab chiqarish omili chegaraviy mahsuloti.
b) Chegaraviy xarajatlar.
c) Ishlab chiqarish funksiyasi.
d) Mehnat unumdorligi.
e) Izokvanta
f) Izokosta.
g) Kapital qaytimi
h) Ishlab chiqarish.
1. Kapitalning o’rtacha unumdorligi, kapital birligi hisobiga mahsulot umumiy
hajmi.
2. Foydalanilishi bir xil xarajatlarni talab etuvchi, resurslarning barcha
qiymatlarini ko’rsatuvchi to’g’ri chiziq.
3. Mahsulot ushbu hajmini ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin bo’lgan
o’zgaruvchan resurslarning barcha qiymatlarini ko’rsatuvchi egri chiziq.
4. Ishlab chiqarish omillarini mahsulotga aylantirish jarayoni.
5. Ushbu o’zgaruvchan resursning qo’shimcha birligidan foydalanish natijasida,
mahsulot umumiy hajmining o’sishi.
6. Mahsulot birligi ishlab chiqarishning ko’payishi bilan bog’liq qo’shimcha
xarajatlar.
7. Foydalaniluvchi ishlab chiqarish omillari miqdori va mahsulot ishlab
chiqarishning eng yuqori darajasi o’rtasidagi bog’liqlik.
8. Foydalanilayotgan mehnat birligi hisobiga to’g’ri keluvchi mahsulot hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |