Iqtisodiyot asoslari pdf


Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/165
Sana09.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#262760
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash 

Tasniflash  belgilari 

Xarajatlarning bo’linishi 

Iqtisodiy elementlar 

Sarflarning iqtisodiy elementlari 

Tannarx moddalari 

Tannarx, kal’kulyasiya moddalari 

Texnologik jarayonga aloqadorligi 

Asosiy, qo’shimcha 

Tarkib  

Bir elementli, kompleks 

Mahsulot tannarxiga kiritish 

To’g’ri, egri 

Ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni 

Ishlab chiqarish, noishlab chiqarish 

Sarf qilishning maqsadga muvofiqligi 

Unumli, unumsiz 

Rejalashtirish imkoniyati  

Rejalashtiriluvchi, rejalashtirilmaydigan 

 

Ishlab chiqarish hajmiga nisabati 

Doimiy, o’zgaruvchan 

Vujudga kelish davriyligi 

Joriy, bir martalik 

 

Tayyor mahsulotga nisbati 

Tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflar, 

tayyor mahsulotga sarflar 

 

 



Qisqa  muddatli  davrda  hech  bo’lmaganda  ishlab  chiqarishning  bitta  omili 

doimiylik  kasb  etadi,  uzoq  muddatli  davrda  esa  ishlab  chiqarishning  barcha 

omillari o’zgarishga uchraydi. Bitta omil (resurs) ning o’zgaruvchanligi sharoitida 

o’zgaruvchan  resursning  o’rtacha  mahsuloti  va  chegaraviy  mahsuloti 

tushunchalaridan foydalaniladi. chegaraviy unumdorlikning pasayib borish qonuni 

shuni  ta’kidlaydiki,  ma’lum  muddatdan  so’ng,  boshqa  resurslarning  o’zgarmas 

sharoitida  bir  resursdan  foydalanish  hajmining  o’sishi,  o’zgaruvchan  omilning 

chegaraviy mahsuloti kamayishiga olib keladi. 

Ishlab chiqarish omillarining o’rin almashtirish qoidasi, ikki resurslar o’sish 

nisbatining  ularning  chegaraviy  mahsuloti  hajmiga  teskari  bog’liqlikda  bo’lishi 

bilan ifodalanadi. 

 

Uzoq muddatli davrda korxona barcha omillarni ko’paytirish hisobiga ishlab 



chiqarish  hajmini  oshirishga  intiladi.  Ishlab  chiqarish  o’lchamlarining  o’sish 

samarasi  resurslar  sarfiga  bog’liq  holda  ijobiy,  o’zgarmas  yoki  salbiy  bo’lishi 

mumkin. 

 

Korxona (firma) oqilona qarorlar qabul qila olish uchun, xarajatlar darajasi 



to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga olishi lozim. Qisqa muddatli davrda xarajatlar 

doimiy  va  o’zgaruvchan  xarajatlarga  bo’linadi.  Uzoq  muddatli  davrda  barcha 

xarajatlar  o’zgaruvchanlik  kasb  etadi.  Umumiy  va  o’rtacha  xarajatlar  farqlanadi. 

Bir  mahsulot birligining o’sishi bilan  bog’liq xarajatlar  chegaraviy  xarajatlar deb 

ataladi. 

 

Xarajatlar  darajasi  to’g’risidagi  axborotlar  xarajatlar  chizig’i  -  izokostani 



yasashga imkon yaratadi. 


 

26 


Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil etishda mehnat unumdorligi kategoriyasi 

muhim  o’rin  tutadi.  Mehnat  unumdorligi  sarflangan  har  bir  birlik  omil  hisobiga 

yaratilgan va sotilgan mahsulot miqdorini ko’r-satadi. 

 

Mehnat  unumdorligining  o’sishi  quyidagi  shartlarning  mavjud  bo’lishida 



amalga oshadi: 

-  mahsulot ishlab chiqarish o’sadi, sarflar kamayadi; 

-   mahsulot ishlab chiqarish o’sadi, sarflar o’zgarishsiz qoladi; 

-  mahsulot ishlab chiqarish o’sadi, sarflar esa past sur’atlar bilan o’sadi; 

-  mahsulot ishlab chiqarish o’zgarishsiz qoladi, sarflar esa qisqaradi; 

-  mahsulot  ishlab  chiqarishga  nisbatan  sarflar  tez  sur’atlar  bilan  qisqara 



boshlaydi.  

Mehnat  unumdorligi  darajasiga  kapital  qaytimi  va  material  qaytimi  kabi 

xususiy ko’rsatkichlar darajasi ham ta’sir ko’rsatadi. 

Testlar: 


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling