пер. с англ. М., «ЮНИТИ» 1999 г. 325 -370 ср.
2.
Салимов Б. ва бош=алар Микрои=тисодиёт, дарслик, Т.,
«Шар=» 2001 й. 225 – 247 с.
Bozor tuzilmasi va nomukammal raqobat
Mukammal raqobatli bozor uchun xos bo’lgan sifatlar asosida faoliyat
yurituvchi bozorlarni deyarli uchratib bo’lmaydi.
Mukammal raqobat va monopoliya – bozor tuzilmalarining ikki qutbiy
tipidir.
Na monopolistik, na mukammal raqobatli hisoblanmaydigan bozorlar
monopolistik raqobat nazariyalari va oligopoliya nazariyalari orqali ko’rib
chiqiladi. Bu nazariyalar korxonalarda o’z mahsulotini tabaqalashtirish
(differensasiya) uchun rag’batning vujudga kelishini, hamda narx belgilashda
hamkorlikda faoliyat yuritish uchun omillarning paydo bo’lishini tushuntirib
beradi.
Monopolistik raqobat, ham mukammal raqobatli va hamda monopoliya
unsurlariga ega bo’lgan bozor tuzilmasi bo’lib hisoblanadi.
Monopolistik raqobat eng avvalo quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:
• birinchidan,
mahsulotni tabaqalashtirish (alohidalashtirish). Har bir korxona,
boshqa korxona mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulot ishlab chiqaradi;
• ikkinchidan,
mahsulotni alohidalashtirish natijasida, ishlab chiqa-ruvchi
38
tomonidan olingan, monopol xokimiyatning ma’lum bir ulushiga egalik qilish;
• uchinchidan,
Do'stlaringiz bilan baham: |