71
Proteksionizm - milliy iqtisodiyotni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tazyiqidan
himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati. Prteksionizm birinchi navbatda xorijiy
tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’g’ridan - to’g’ri yoki egri yo’llar bilan
cheklashda ifodalanadi.
Pul - kredit siyosati - pul muomalasini tartibga solish orqali makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati. Pul - kredit
siyosati quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:
- ochiq bozorlarda operasiyalar o’tkazish;
- majburiy zahiralarni o’zgartirish;
- hisob stavkalarini o’zgartirishga asoslangan diskont siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: