Mikroiqtisodiyot - bozor jarayonlari tahlil etiluvchi iqtisodiyot fanining bir
bo’limi.
Marketing - korxona tomonidan sotish hajmlarini oshirish va yangi sotish
bozorlarini izlab topish maqsadida amalga oshiriluvchi bozorni o’rganishga
qaratilgan faoliyat.
Menedjment - ishlab chiqarishni tashkil etish va zamonaviy boshqaruv usullari
haqidagi iqtisodiyot fanining bir bo’limi.
Mehnat bozori - ishchi kuchi oldi- sotdisi yuzasidan ish beruvchi va ishchi
kuchini taklif etuvchilar o’rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar.
Monetarizm - makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda pul muomalasiga asosiy
e’tiborni qaratuvchi iqtisodiy yo’nalish.
Makroiqtisodiy siyosat - davlatning iqtisodiyotga aralashish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilib qo’ygan holda amalga oshiruvchi
iqtisodiy chora tadbirlari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |