T
Tadbirkor - foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslanib, qonunchilik
doirasida har qanday iqtisodiy faoliyat yurituvchi shaxs.
Talab - iste’molchilarning ma’lum bir mahsulot va xizmatlarni ma’lum bir narxlar
asosida sotib olishga bo’lgan iqtisodiy imkoniyatlari. Talab - ehtiyojning pul bilan
ta’minlangan qismidir.
Talab qonuni - talab hajmi va narxlar darajasi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni
ko’rsatuvchi iqtisodiy qonuniyat.
Taklif - ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning bozorga ma’lum tovar va
xizmatlarni ma’lum narxlar asosida sotishga olib chiqish imkoniyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |