Iqtisodiyot asoslari pdf


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/165
Sana09.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#262760
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   165
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari



Firma - bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy agenti hisoblanuvchi, tadbirkorlik 

faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil huquqiy shaxs.  



Fiskal siyosat - iqtisodiyotga ta’sir etish maqsadida davlat xarajatlari tuzilmasini 

o’zgartirish va soliqqa tortish sohasidagi davlat siyosati. 



Friksion  ishsizlik  -  mehnat  bozoridagi  tabiiy  jarayonlar  bilan  bog’liq  holda 

vujudga keluvchi ishsizlik ko’rinishi. 



Fors  -  major  -  bitimda  ishtirok  etuvchi  tomonlarning  xohishlariga  bog’liq 

bo’lmagan holda, bitim majburiyatlarining bajarilmasligiga olib keluvchi, oldindan 

aytish mumkin bo’lmagan hodisa va jarayonlarning yuz berishi. 

F’yuchers bozorlari - f’yuchers bitimlarini tuzish va amalga oshirish maqsadida 

tashkil etiluvchi bozor shakli. 



Filips  egri  chizig’i  -  ingliz  iqtisodchisi  A.  V.  Filips  nomi  bilan  bog’liq  bo’lgan, 

ishsizlik  darajasi  va  narxlarning  umumiy  o’sish  sur’atlari  o’rtasidagi  bog’liqlikni 

aks  ettiruvchi  egri  chiziq.  U  qisqa  muddatli  davrlarda  ishsizlik  va  inflyasiya 

o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qilish imkonini beradi. 



Franchayzing - yirik korxonaning boshqa bir korxonaga o’z savdo tarmoqlari va 

savdo  belgilaridan,  nou  -  xaularidan  foydala-nishga  ruxsat  berish  haqidagi 

kelishuvi.  Bu  holda  ikkinchi  korxona  savdo  tushumlarining  ma’lum  bir  qismini 

franchayzing taqdim etuvchiga o’tkazadi. 



Franshiza - franchayzing asosida ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish huquqi. 


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling