SH
Shartnoma - shartlashuvchi tomonlarning majburiyatlarini aks ettiruvchi huquqiy
tavsifga ega bo’lgan hujjat.
Shaxsiy daromad - soliqlar to’langanga qadar uy xo’jaliklari tasarrufida bo’lgan
daromad.
Shok terapiyasi - iqtisodiy islohotlarni o’tkazishga radikal Yondashuv bo’lib,
birdaniga narxlarni erkinlashtirish, kichik va o’rta korxonalarni xususiylashtirish
va shu kabilarni ifoda etadi.
E
Embargo - biror - bir mamlakat bilan savdo aloqalarini butunlay ta’qiqlash yoki
mamlakatga u yoki bu tovarlarni olib kirish va olib chiqishni cheklash.
Emissiya - pul yoki qimmatli qog’ozlarni tayyorlash va muomalaga chiqarish.
Eksport - tovar va xizmatlarni sotish maqsadida xorijiy davlatlar bozoriga
chiqarish.
Emitent - qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaruvchi huquqiy shaxs maqomiga
ega bo’lgan korxona yoki tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |