Yashirin iqtisodiyot - davlat ro’yxatidan o’tmasdan turib qonuniy yoki noqonuniy
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish. Davlatning iqtiso-diyotga aralashuvining
kuchliligi, soliq to’lovlarining yuqoriligi yashirin iqtisodiyot ko’lamlarining
kengayishiga olib keladi.
O’
O’rin bosar tovarlar - bir xil iste’molni qondirishda foydalanilishi mumkin
bo’lgan tovarlar.
O’zaro bir - birini to’ldiruvchi tovarlar - birining iste’moli ikkinchi-sining
iste’molisiz mumkin bo’lmagan tovarlar.
O’zgaruvchan xarajatlar - korxona ishlab chiqarish hajmlarining o’zgarishi bilan
o’zgarib boruvchi xarajatlar. Bunday xarajatlar tarkibiga xom - ashyo va
materiallar sarfini kiritish mumkin.
O’rin almashtirish samarasi - iste’molchining tovarlar narxi o’sgan sharoitda,
xuddi shunday iste’molni qondira olishi mumkin bo’lgan boshqa arzon tovarni
sotib olishga intilishi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |