Laffer egri chizig’i- soliqlar stavkasining o’sib borishi bilan byudjet daromadlari
ko’payish tomonga emas, aksincha ish faolligining pasayishi hisobiga qisqarish
tomonga harakatlanishini ko’rsatib beruvchi qonuniyat.
Logistika- tovar- moddiy qimmatlilarni sotish, saqlash, tashish va ishlab
chiqarishning kompleks tizimi.
M
Makroiqtisodiy siyosat - milliy iqtisodiyot miqyosidagi mavjud muammolarni hal
etishga yo’naltirilgan davlatning iqtisodiy siyosati.
Marjinalizm - iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda chegaraviy miqdorlardan
foydalanishga asoslangan iqtisodiy yo’nalish.
Model - iqtisodiy jarayon va hodisalarning soddalashtirilgan ko’rinishda
matematik apparat yordamida aks ettirilishi.
Makroiqtisodiyot - milliy iqtisodiyotni yaxlit iqtisodiy tizim sifatida tahlil etuvchi
iqtisodiyot nazariyasining bir bo’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |