Ishchi kuchi - insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig’indisi va mehnat
qilishga layoqati bo’lib, har qanday jamiyat ishlab chiqarish-ining asosiy sharti
hisoblanadi. Aholining jismoniy va aqliy mehnatga layoqatli qismi ishchi kuchini
tashkil etadi.
K
Kapital - tovar va xizmatlarni yaratish jarayonida foydalaniluvchi ishlab chiqarish
vositalari va daromad keltirishi mumkin bo’lgan har qanday resurs.
Kartel’ - korxonalar o’rtasida mahsulot narxi, uni sotish hajmlari, sotish bozorlari
to’g’risida kelishib olishni ifoda etuvchi monopo-liyaning bir ko’rinishi.
Kvota - qonunchilik yoki o’zaro kelishuvlar asosida belgilanadigan tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish yoki sotishdagi korxonaning ulushi.
Kredit - muddatlilik, foizlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz oluvchi va
qarz beruvchi o’rtasida vujudga keluvchi qarz munosabatlari.
Konsorsium - muayyan iqtisodiy loyihalarni yoki moliyaviy operasiyalarni
birgalikda amalga oshirish maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o’rtasida
tuzilgan muvaqqat bitim.
Do'stlaringiz bilan baham: |