Iqtisodiyot asoslari pdf
Asosiy tushuncha va terminlar
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
Asosiy tushuncha va terminlar: a) Iqtisodiy muammolar. b) Ishlab chiqarish resurslari. c) Iqtisodiy samaradorlik. d) Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i. 1.
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi ishlab chiqarish omillari. 2. Kamyob resurslar xarajatlari va ushbu resurslardan foydalanish natijasida yaratilgan tovar va xizmatlar hajmi o’rtasidagi nisbat. 3.
“Nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish kerak?” 4.
Iqtisodiyotda to’la bandlik va ishlab chiqarishning boshqa omillaridan to’liq foydalanish sharoitida ikkita mahsulot (mahsu-lotlar guruhi) o’rtasidagi turli xil kombinasiyalarni ko’rsatuvchi egri chiziq.
1. Issiq iqlimli orolda 5 kishi yashaydi. Ular kokos yong’og’i va toshbaqa tuxumlarini yig’ish bilan shug’ullanadilar. Bir kunda ularning har biri yo 20 dona kokos, yoki 10 dona toshbaqa tuxumi teradi. a) Bu orolning ishlab chiqarish imkoniyatlari qay darajada bo’ladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i yordamida tushuntiring. b) Tasavvur qilaylik orolga texnika keltirilgan bo’lsin va uning yordamida har bir yashovchi kuniga 28 dona kokos terib olishi mumkin bo’lsin. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining siljishini grafik tarzda ko’rsating.
2. Asosiy iqtisodiy muammolar turli iqtisodiy tizimlarda qanday hal etiladi? 3. Quyidagi fikrni tahlil eting: “Ehtiyojlarni to’la qondirish mumkin emas-degan fikr noto’g’ri. Men har kuni ertalab nonushtada, o’zim ichishni xohlagan miqdorda kofe iste’mol qilaman”
|
ma'muriyatiga murojaat qiling