Iqtisodiyot asoslari pdf
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
R
En q --- x 100% F En - er narxi; R - er rentasi F - foiz stavkasi. Er narxi darajasiga er maydonining joylashgan o’rni, erning hosildorligi, er maydonining muqobil ishlatish imkoniyatlari mavjudligi, infratuzilma ob’ektlarining etarlicha rivojlanganligi kabi omillar ta’sir ko’rsatadi. Er taklifining cheklanganligi undan samarali foydalanish yo’llarini izlab topishni talab etadi. Ishchi kuchi bozori, xususan ishchi kuchi taklifi xususiyatlari shundan iboratki, xodim qancha vaqt ishlashni va qancha vaqtni dam olish va muqobil mashg’ulotlarga ajratishni o’zi hal qiladi. Mehnat bozorida “o’rin almashtirish samarasi va daromad samarasi” amal qiladi. Mehnat resurslarini sifat jihatdan takomillashtirish iqtisodiyotning o’sish sur’atlari bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham mamlakatda mehnat bozorini, mehnatni boshqarish institutlarini va uning iqtisodiy - huquqiy mexanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir. Mehnat bozori va uning normal faoliyat ko’rsatishi quyidagi omillarga bog’liq: - aholi soni, yoshi va jinsiy tarkibi; - ish bilan bandlikdagi hududiy va tarmoq o’zgarishlari; 33
- qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mexanizmi; - ishlab chiqarish hajmi, uning o’sish sur’ati, ishlab chiqarish tarkibi; - ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi; - mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari va boshqalar.
Amaliyotda aholining “to’la ish bilan bandligi” degan tu-shuncha bor. Lekin bunday natijaga o’z - o’zidan erishib bo’lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo’lgan qismini deyarli ish bilan band qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’lum miqdorda aholining ishsiz bo’lishi iqtisodiy jihatdan normal holdir.
- bu ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan lekin ishlashni xohlovchi va ish qidirayotganlardan iborat.
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling