Qimmatli qog’ozlar bozori
- qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaruvchi,
sotuvchi va sotib oluvchilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Qimmatli
qog’ozlar bozorining ishtirokchilari bo’lib, emitentlar, investorlar va investisiya
institutlari hisoblanadi. Qimmatli qog’ozni muomalaga chiqaruvchilar emitentlar
bo’lib hisoblansa, qimmatli qog’ozni sotib oluvchilar investorlar deb ataladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida savdo - vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi
muassasalar investisiya institutlari deb yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida aksiya, obligasiya kabi qimmatli qog’ozlar
muomalada bo’ladi.
Aksiya
- o’z egasiga hissadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividend
sifatida olish va jamiyat mulkining bir qismiga egalik qilish va jamiyat
boshqaruvida qatnashish huquqini beruvchi qimmatli qog’ozdir.
Obligasiya
- qarz majburiyati bo’lib, o’z egasiga ko’rsatilgan summani va
foizlarni ma’lum muddatda olish huquqini beradi.
Qimmatli qog’ozlar bozori o’z navbatida birlamchi va ikkilamchi qimmatli
qog’ozlar bozoriga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |