Iqtisodiyot asoslari pdf
Oligopoliya – bu, shunday
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorda turli, istalgan aniq mahsulot, resurslarni erkin holda sotuvchi va
Oligopoliya – bu, shunday
bozor tuzilmasiki, unda bozorda uncha ko’p bo’lmagan firmalar hukmronlik qiladi, chunki, mavjud to’siqlar bozorga yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishiga imkon bermaydi. Oligopoliyalar uchun quyidagi asosiy jihatlar xosdir: o’zaro bog’liqlik (tarmoqda bir necha firmalar faoliyat yuritishsada, har bir firma raqibning bozorda o’zini to’tishidan tashvishda bo’ladi); bozorda bir turli yoki tabaqalangan mahsulotlarning mavjudligi; narxdan tashqari raqobatning narx bo’yicha raqobatdan ustunligi. Narx bo’yicha birinchilik – bu bir korxonaga narxlarni o’z-gartirish huquqi beriladigan, qolgan narxlar unga qarab shakl-lanishini yo’lga qo’yadigan amaliyotdir. Bu holda, birinchilikni eng past xarajatli ishlab chiqarishga ega bo’lgan, birinchi bo’lib talab yoki xarajatlar o’zgarishiga javob bera oladigan firma qo’lga kiritishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga xos va uni harakatga keltiruvchi, taraqqiy etishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi raqobat kurashidir. Raqobat kurashining ahamiyati shunchalik yuqoriki, usiz bozorni tasavvur etib bo’lmaydi, chunki u bozor iqtisodiyotining mazmuniga aylanib ketadi. Bozor sharoitidagi raqobat iqtisodiy raqobat bo’lib, u iqtisodiy jarayonda yuz beradi. Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyat yuritishlari uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir - birlarini shaxsan tanishlari shart emas. Buning uchun avvalo bozor xususiyat’i, uning harakat qonuniyatlarini yaxshi bilgan, sezgan holda faoliyat ko’rsatish asos bo’lib xizmat qiladi. Raqobat kurashida barcha ishtirokchilar ham muvafaqqiyatga erishavermaydilar. Muvaffaqiyatga erishish uchun tajriba, bilim, matonat,
39
tavakkalchilik va albatta yirik sarmoyaga ega bo’lish talab etiladi. Raqobat kurashining asosiy mazmuni xaridorlarni o’ziga jalb qilish maqsadida sharoitlar yaratishdan iboratdir. Umuman, raqobat iqtisodchilar tasavvuri bo’yicha quyidagilarni bildiradi: - Bozorda turli, istalgan aniq mahsulot, resurslarni erkin holda sotuvchi va
Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling