Iqtisodiyot asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ri – noto’g’ri
o’zlashtirish.
"Iqtisodiy o’sishning sifati" quyidagilardan tashkil topadi: • aholi moddiy farovonligining yaxshilanishi; • shaxsning barkamol rivojlanishi asosi sifatida bo’sh vaqtning ko’payishi; • ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi; • inson kapitaliga investisiyalarning o’sishi; • inson hayot faoliyati xavfsizligining ta’minlanishi; • mehnatga qobiliyatsiz va ishsizlarning ijtimoiy himoyalanganligi; • to’la bandlikni qo’llab quvvatlash. Asosiy tushunchalar va terminlar: a) Inson kapitaliga investisiyalar. b) Innovasiya. c) iqtisodiy o’sish. d) Ekstensiv iqtisodiy o’sish. e) Intensiv iqtisodiy o’sish. 1. Real YaMM hajmining mutloq qiymatda yoki aholi jonboshiga hisobida o’sishi. 2. Xodimlar qobiliyatlarini rivojlantirish va malakalarini oshirishga yunaltirilgan, investisiyalar. 3. Yangi texnologiyalarni birinchilardan bo’lib, tijoriy qo’llash. 4. Intensiv omillarga asoslangan iqtisodiy o’sish. 5. Ekstensiv omillarga asoslangan iqtisodiy o’sish. To’g’ri – noto’g’ri: 1. Agar, YaMM hajmi aholi soni o’sishiga nisbatan tez sur’atlarda o’ssa, u holda aholi jonboshiga YaMM kamayadi. 2. Rivojlangan mamlakatlarda texnikaviy taraqqiyot mehnat unumdor-ligi o’sishining asosiy omili hisoblanadi. 3. Iqtisodiy o’sish, inson kapitaliga qo’yilgan investisiyalarga bog’liq emas. 4. Mamlakatda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmi ish vaqti soat miqdorining mehnat unumdorligiga nisbatiga teng. 5. Real YaMM hajmi mehnat unumdorligiga bo’lingan mehnat xarajatlariga teng. 6. Tabiiy resurslar – O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning muhim omilidir. 7. Ish vaqti miqdorining o’sishi – iqtisodiy o’sishning intensiv omili. 8. Xodimlar sonining o’sishi – iqtisodiy o’sishning ekstensiv omili. 9. Iqtisodiy o’sish cheklanmagan ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi ziddiyatni keskinlashtiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling