Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Hisob 
Mlrd. dollar 
Kredit uchun foiz. 
12 
Yalpi xususiy investisiyalar. 
55 
Ish haqi va yordam pullari. 
218 
Korporasiyalar foydasi. 
113 
Xususiy tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan egri soliq-lar
nosoliq majburiyatlar va transfert to’lovlari. 
22 
Ijaraga olingan mulk egalari uchun renta to’lovlari. 
20 
Korporasiyalar foydasiga soliq. 
50 
Tovar va xizmatlar sof eksporti. 

Tovar va xizmatlarning davlat xaridlari. 
90 
Sof xususiy investisiyalar. 
45 
Mulk daromadlari. 
21 
Davlat korxonalariga sof subsidiyalar. 

Aholiga transfert to’lovlari 
23 
Iste’mol xarajatlari. 
260 
3. Jamiyatning sof iqtisodiy farovonligi to’g’risida fikr yuriting. Nima uchun, 
YaMM ko’rsatkichi jamiyat a’zolarining iqtisodiy faro-vonligini aniq aks 
ettirmaydi? 
Iqtisodiy o’sish 
Iqtisodiy o’sish nazariyasi javob berishga intiladigan muhim masala uzoq 
muddatda, ya’ni to’la bandlik sharoitida qanday tarzda nominal mahsulot real 
hajmini oshirish mumkinligiga borib taqaladi. Bu masalaga javob amaliy 
ahamiyatga ega, chunki masalaning echimi resurslar cheklanganligini engib 
o’tishga va jamiyat ehtiyojlarini qon-dirish uchun iqtisodiyot imkoniyatlarini 
kengaytirish imkonini beradi. 
Iqtisodiy o’sish ikki usul bilan o’lchanadi: 
1. Real YaMM hajmining ma’lum muddat davomida o’sishi. 
2. YaMM hajmining aholi jonboshiga nisbatan o’sishi. 
Iqtisodiy o’sish omillarini uch guruhga bo’lish mumkin: 
1. Taklif omillari – tabiiy resurslar, mehnat resurslari, asosiy kapital hajmi
texnologiya. 
2. Talab omillari – umumiy xarajatlar darajasi. 
3. Taqsimlash omillari – resurslardan samarali foydalanish. 
Iqtisodiy o’sish resurslardan foydalanish tavsifiga ko’ra: ekstensiv, intensiv 
va aralash tiplarga bo’linadi. Iqtisodiy o’sishga atrof muhit muhofazasiga katta 
sarmoyalar ajratilishi, keskin ijtimoiy kayfiYat kabi omillar salbiy ta’sir ko’rsatadi 


55 
va shunday omillar borki ular iqtisodiy o’sishni tezlashtiradi. Masalan, bu omillar 
qatoriga jamiyatdagi sog’lom ijtimoiy, madaniy va siyosiy muhitni qo’shish 
mumkin. 
Iqtisodiy o’sishda davlatning o’rni yuzasidan iqtisodchilar fikrlashlarida 
tafovutlar mavjud. 
Keyns maktabi
iqtisodiy o’sishni, birinchi navbatda talab omillari bilan 
bog’laydi va davlat fiskal va pul-kredit siyosati yordamida iqtisodiy o’sishni qisqa 
muddatli davrda tartibga solishni mumkinligini ta’kidlaydi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling