Analitik tahlillarga asoslangan holda biznes imkoniyatlarini kengaytirish


Download 1.29 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#200657
Bog'liq
Biznes intelekt 2-mavzu Shuhrat Boysariyev

ANALITIK TAHLILLARGA ASOSLANGAN HOLDA BIZNES IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH.

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI IQTISODIYOT(TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA) FAKULTETI EK-86 GURUHI TALABASI SHUHRAT BOTIROVICH BOYSARIYEVNING TAYYORLAGAN PREZINTATSIYASI

Biznes-insonlarga moddiy va ma’naviy manfaat olib keladigan va aql-zakovatni ishga solishni yaxshi ko`radigan tavakkalchilarning faoliyati deb o`ylayman.

So`nggi yillarda nafaqat butun dunyoda balki yurtimizda ham shu faoliyat turi bilan mashg`ul insonlarning soni bundan 10 yil oldingi holatga qaraganda bir necha o`n barobar oshdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun so`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan bir qancha yengilliklar yaratilmoqda. Bularni bari nafaqat davlatning iqtisodiy va siyosiy, balki xalqning moliyaviy ahvolini ham yaxshilamoqda

Biznes o`z-o`zidan paydo bo`lib qoladigan narsa emas. Buning ortida qanchalab odamlarning mehnati yotadi. Biznesni tashkil etish uchun birinchi navbat biznes reja ishlab chiqish kerak.

Biznes rejani hammaham o`ylab topavermaydi. Biznesga qobiliyat har bir insonda bo`ladi. Faqat uni yuzaga chiqarib ko`rsatish insonning zakovatiga bog`liq.

Biznesni tashkil etish uchun kerak bo`ladigan eng muhim omillardan yana biri shubhasiz-biznes intelektdir. Biznes intelekt-insonning biznes borasidagi o`y-fikrlari,qarashlari jamlanmasidir.

Biznes intelektdan foydalanayotgan davlatlar hozirda dunyo iqtisodiy bozorida yetakchilardan biri desak adashmaymiz. Bu fan sifatida so`nggi yillarda O`zbekistonda ham o`tib kelinmoqda. Maqsad yoshlar ongini biznes borasida yangi fikrlar bilan boyitish,biznes borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashdir.

Biznes intelektdagi iqtidor hammaga ham berilavermaydi. Uni faqat haqiqiy biznesmenlar tushuna oladi. Ammo shunday jihatlar borki biznesdagi o`ta nozik jihat yani biznes borasidagi bilimlarni bo`lishish ertaga o`sha biznesmenga katta muvaffaqiyatsizlik olib kelishi mumkin.

Biznes sirlar va bilimlarni oshkor qilishning ijobiy jihatlari(shaxsiy fikrim):

  • Juda kamyob bo`lgan biznes biznes turlari rivojlanadi
  • Kamyob biznes turlari ko`payishi natijasida raqobat paydo bo`ladi
  • Raqobatchilar ortgani tufayli bozorda monopoliya yo`qoladi. Bu o`z navbatida mahsulot va takliflarning sifati oshishiga hamda narxlarning sun’iy pasayishiga olib kelishi mumkin
  • Biznes turlari ko`payishi davlat iqtisodiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi
  • Qo`shimcha ish o`rinlari yaratilib aholining bandligi ta’minlanadi

Biznes sirlari va bilimlarini oshkor qilishning salbiy jihatlari(shaxsiy fikrim):

  • G`oya asoschisiga raqobatchilar paydo bo`lib uning tadbirkorlik faoliyati muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi mumkin
  • Bir-birini tadbirkorlik faoliyatiga turli xil yo`llar bilan salbiy ta’sir ko`rsatish
  • Yangi paydo bo`lgan oldin bu borada ish yuritilmagam faoliyat sohasi bo`lganligi uchun kadrlarning bu borada bilim darajasi va tajribasi kam yoki umuman mavjud bo`lmasligi

O`zbekistonda yangilanishlar davri bo`layotgan ekan har bir kompaniya,firma,tadbirkorlik muassasalarida faoliyat olib borayotgan kadrlar biznes intelekt naqadar muhim fan ekanligini anglagan holda bu fanni chuqurroq egallab olgani maqsadga muvofiq.

Mana shunday sharoitlar tufayli hozir yurtimizda biznes intelektga bo`lgan talab ortmoqda.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling