“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
4-курс учун АМАЛИЁТ КУНДАЛИГИ 2023
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
___________________ ________ (nasl nomasi va ismi) (imzo) 4-mavzu. Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holatini tahlil qilish O‟zbekiston Respublikasi AT “Agrobank” filiali faoliyatining pirovard maqsadi – daromad olishdir. Shunday ekan daromad olishga yo‟naltirilgan bank faoliyatida asosiy e‟tiborni bankning moliyaviy holatiga qaratish lozim. Eng avvalo bankning yuqori foydalilik darajasiga erishish uchun, uning barqarorlik holatini saqlash uchun uning molliyaviy jihatdan qanday faoliyat olib borayotganligini, iqtisodiy ahvolini tahlil qilish, bankning hisob21 bo‟linmalarida echiladigan masalalarni mahsus ko‟rsatkichlar yordamida hisoblash lozim. Bankning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun moliyaviy koeffittsientlar usulidan foydalaniladi. Bu koeffittsientlar ichida bankning barqaror faoliyat yuritishida bank balansi likvidligi muhim omil hisoblanadi. Bank likvidligi muayyan muddat yoki kelgusi davr uchun baholanadi. Bunda likvidlik zaxira nuqtai nazaridan juda tor yondashuv deb baholanadi. Likvidlikni oqim sifatida ko‟rib chiqish jarayonida kamroq likvidlikka ega aktivlarni ko‟proq likvidlikka ega bo‟lgan aktivlarga aylanishini ta‟minlash imkoniyatlariga, shuningdek qo‟shimcha mablag‟larni jalb qilishga alohida e‟tibor beriladi. Shunday qilib, likvidlikni oqim sifatida baholash emas, balki likvidlikni prognoz sifatida baholash ham muhim ahamiyatga egadir. O‟zining lahzali likvidligini ta‟minlash uchun etarli likvid aktivlari zaxiralariga ega bo‟lgan bank vaqt o‟tishi bilan, ya‟ni majburiyat oqimlarini likvid aktivlarga joylashtirilgan qo‟yilmalar transformatsiya oqimidan ortib ketishi oqibatida o‟z likvidligini yo‟qotishi mumkin. Likvidlik prognozini baholash muammoli masala hisoblanadi, chunki u bankning aktiv operatsiyalari havf-xatarini baholash bilan bog‟liq. O‟zbekiston amaliyotida bu maqsad uchun O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan bank nazorati bo‟yicha me‟yoriy hujjatlariga asosan tijorat banklari tomonidan hisoblanadigan iqtisodiy me‟yorlar xizmat qiladi. Likvidlik havf-xatari odatda bankning muayyan lahzada naqd pulni ancha yuqori bo‟lgan bahoda sotilib olishga yoki o‟z aktivlari qiymatini yo‟qolishiga majbur qiladigan havf-xatardir. Bunda bank aktivlari tezda va qiymatini yo‟qolishiga yo‟l qo‟ymasdan sotilganida likvid hisoblanadi. Bank passivlari bank ssudalarini raqobatchi banklar xarid qilayogan stavka bo‟yicha sotib olishi mumkin bo‟lgan taqdirdagina likvid hisoblanadi. Bank balansining likvidligiga uning aktivlari kabi ta‟sir qiladi. Aktivlarning umumiy summasida birinchi toifa likvid mablag‟lari qancha ko‟p bo‟lsa, bankning likvidligi shuncha yuqori bo‟ladi. Xalqaro bank amaliyotida likvid aktivlarini eng likvid qismi bo‟lib kassadagi naqd pullar, shuningdek ushbu tijorat bankning22 markaziy bankda qayta hisobga olinishu mumkin bo‟lgan qisqa muddatli tijorat veksellari va hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qog‟ozlar hisoblanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling