“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1646513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-курс учун АМАЛИЁТ КУНДАЛИГИ 2023

 
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari  ___________________
________ 
(nasl nomasi va ismi)
(imzo) 
 
 
 


 
3-mavzu. 
Mehnatga haq to`lashni va kadlar salohiyatini o‘rganish

Hozirda mehnat sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va bu sohani tartibga soladigan 


me'yoriy - huquqiy manbaalar yuzasidan hududiy boshqarmalar va filiallar xodimlar 
bilan ishlash menejerlari uchun o'quv-treninglar amalga oshirilmoqda. Tashkil 
etilayotgan o‘quvlar malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.O‘quvlar 
kadrlar xizmati faoliyati, xodimlarni ishga qabul qilish tartibi, shartnomalarning 
o'ziga xos xususiyatlari va ularga qo'yiladigan talablar, samaradorlikni 
rag'batlantirish masalalari, mehnat, dam olish, ta'tillar me'yorlari va qoidalari, nizoli 
vaziyatlar va mehnat qonunchiligi kabi keng amaliy jarayonlarga qaratilgan.Trening 
davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda ish faoliyatida yuzaga 
keladigan muammoli vaziyatlar bo’yicha fikr almashib, faoliyatlari uchun zarur 
tavsiyalarga ega bo'lmoqdalar. O'quvlar davom etmoqda.Ayni kunlarda Bankning 
HR departamenti xodimlari uchun yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida kutilayotgan 
yangilik va qo‘shimcha o‘zgarishlar bo‘yicha kadrlar xizmati faoliyatini yo‘lga 
qo‘yish va mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv 
treninglar o‘tkazilmoqda. O‘quv kurslar savol-javob va amaliy keyslarga asoslangan 
tarzda o‘tkazilmoqda. Kadrlar salohiyatini oshirish: 
Kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish; bank kadrlarini 
uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish;har bir xodimning faoliyati natijalarini 
baholash asosida mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimlariga o‘tish (KPI, 
bonus). 
Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini 
yangicha tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda, yetakchi xorijiy banklar 
va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish, 
nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlash nazarda tutiladi. 
Ikkinchi bosqich — davlat ulushini xususiylashtirish banklarning transformatsiyasi 
muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi va zarur tajriba, bilim va 
obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarga bank aksiyalarini sotishni nazarda tutadi. 
Agrobank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy 
xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini 
ta’minlash maqsadida davlat ishtiroki ustuvor ravishda uchta bankda — 
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi 
o‘rinlarda – O‘zmilliybank), “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda saqlab 
qolinadi.Agrobank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsiya 
loyihalariga bozor shartlarida bank xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, keng 
qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etishga qaratilgan tizimli ahamiyatga molik 
bank sifatida belgilanadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling