Iqtisodiyot bilan tanishuv


Iste'molchilar daromadlarining o'zgarishi


Download 0.91 Mb.
bet54/91
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#235532
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
8-sinf Iqtisod.uz

3. Iste'molchilar daromadlarining o'zgarishi. Odatda, aholi daromadlarining ortishi bilan deyarli barcha tovarlarga bo'lgan talab o'sadi. Bunday tovarlar normal tovarlar, deb ataladi. Lekin shunday tovarlar ham borki, ularga bo'lgan talab ahull daromadlarining kamayishi bilan o'sadi. Bunday tovarlarm iqtisodchilar past tabaqali tovarlar, deb atashadi. Masalan, aholi daromadlarining kamayishi sifati past va eski avtomobillarga bo'lgan talabning o'sishiga olib keladi.

4. O'zaro bog'liq tovarlar narxining o'zgarishi. Bir tovni narxining o'zgarishi ikkinchi tovarga bo'lgan talabning o'zgarishigl olib kelishi mumkin. Bunday tovarlar jufti о 'zaro bog'liq tovarlar, deb ataladi. O'zaro bog'liq tovarlarga biz yuqorida gap yuritgan bir-birining o'rnini bosuvchi (masalan, "Hot-dog" va somsa) va bir - birini to'ldiruvchi (masalan, avtomobil va benzin) tovarlar misol bo'la oladi.

5. Yaqin kelajakda iste'molchilar daromadlari va tovar narxi o'zgarishining kutilishi. Agar yaqin kelajakda aholi daromadlarining oshishi kutilayotgan bo'lsa, ular ayni paytdagi kundalik xarajatlarini kamroq chegaralay boshlashadi va shu bois ko'proq tovarlar sotib ola boshlaydilar. Aksincha, aholi daromadlarining pasayishi kutilayotgan bo'lsa, ular ayni paytda tovarlar sotib olishni ko'proq chegaralay boshlashadi va bu tovarlarga bo’lgan talabning pasayishiga olib keladi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling