Iqtisodiyot bu ijtimoiy fan
Download 258 Kb.
|
1-Мавзу
har qanday tadqiqotning asosiy uslubi sifatidagi dialektika, induksiya va deduksiya, analiz va sintez;
o’tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o’rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish; nazariya va amaliyot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning tahlili, iqtisodiy ta‟limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash. 1.2-rasm. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixining bir qator progressiv iqtisodiy tahlil uslublariAbsolyut va nisbiy yondashuvlar Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida iqtisodchilar kasbiy mahoratining o’sishi kabi ichki omillar ahamiyatiga urg’u berishgan. 1950 – yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko’plab nufuzli tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillarning bir-biriga o’zaro ta‘sirining dinamik (doimiy o’zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o’sha davrning iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o’rganib chiqish muhimroq, deb aytiladi. Ayrim hollarda yangi nazariyalarni keltirib chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq ekanligini aytish qiyin. Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo’li iqtisodiy ta‘limotlar tarixining bir segmentini ko’rib chiqishdir. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bu o’zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksal bo’lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi. Misol uchun, noortodoksal bo’lgan Maltus, Tugan-Baranovski va Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab ba‘zi iqtisodchilar noortodoksal fikrlarni qabul qilishni xohlaydilar, keyin esa uning to’g’riligiga boshqalarni ham ishontiradilar. Shunday tarzda ularning fikrlari asosiy ortodoksal yo’nalishga qo’shilib ketadi. Noortodoksal maktablar fanning evolyutsiyasi tarixida muhim rol o’ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarini ko’rsatib, ularning sof va benuqson bo’lishiga yordam beradi. Noortodoksal tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o’zaro ta‘siri Alfred Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko’rish mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt g’oyachilar qarashlariga qarshi chiqib neoklassik iqtisodiy yo’nalishga asos soldi. Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika iqtisodchilari uchun o’ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. Amerika Iqtisodiyot Assotsiatsiyasi 1885-yilda tashkil topganda u asosan nemis tarixiy maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy- institutsional metodologik yo’nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstrakt matematik tahlil modellarida, deb takidlovchilar o’rtasida ochiqcha qarama-qarshilik mavjud edi. Ularning qarama- qarshiligi hozirgi kun iqtisodiyotining shakllanishida muhim rol o’ynagan. Amerika universitetlarida tarixiy-institutsional yo’nalishning ahamiyati yigirmanchi asr birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik iqtisod esa (avval Marshal nazariyasi keyinchalik Valras nazariyasi) aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi.3 Download 258 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling