Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi
-modda. Xo‘jalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki
Download 0.67 Mb.
|
Uslubiy qo\'llanma Neft-gaz oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki
15-modda. Xo‘jalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir. 2. Xo‘jalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. 3. Xo‘jalik uyushmasining faoliyati to‘xtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar o‘rtasida kelishuv asosida hamda ularning qo‘shgan hissalarini (ulushlarini) e’tiborga olgan holda taqsimlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki (16-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko‘zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va mol-mulk bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag‘lari hisobidan ularning ustavlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag‘lari a’zo bo‘lish va a’zolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o‘tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag‘lar; ishlab chiqarish-xo‘jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Jamoat uyushmalari o‘z ustavlarida yozib qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zga davlatlardan keladigan pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. (16-modda 1-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Siyosiy maqsadlarni ko‘zlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar o‘zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o‘zga moddiy yordam olishga haqli emaslar. (16-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko‘zda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling