Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi


Download 0.67 Mb.
bet7/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1149740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma Neft-gaz oxirgisi

Mundarija kurs ishida aks ettirilgan bo‘limlar, xulosa va takliflar, adabiyotlar ro‘yxati va har bir ilovani navbatma-navbat ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Kirish qismi: ishning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, amaliy va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi.
Asosiy qism. Kurs ishi mavzusining uslubiy tahlili
Bunda quyidagi masalalar o‘z yechimiga ega bo‘lishi lozim.
1. Tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari.
2. Mavzuning tavsifini yoritish.
3. Mavzuni qismlarga ajratish va har bir rejani yoritish.
4. Mavzu bo‘yicha internet ma’lumotlaridan foydalanish.
Asosiy qismda har bir paragraflarning to‘liq mazmunini, statistik ma’lumotlarning iqtisodiy tahlillari qonuniy asoslari qo‘yilgan muammolar bo‘yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, tashkilot va korxonalarning tajribalari, hozirgi vaqtdagi mavjud muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yo‘llari yoziladi.
Bularning barchasi qo‘yilgan talablarga javob berishi, ish ilmiy, aniq, asoslangan xarakterga ega bo‘lishi kerak. Har bir paragraflar qisqa xulosalar bilan tugallanishi kerak.
Ishda izlanish ob’ektlarining tashkiliy va iqtisodiy xarakteristikalari, boshqaruv sxemalari va ularning bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Statistik ko‘rsatkichlar, jadvallar, sxemalar, diagrammalr ko‘rinishida beriladi va ular iqtisodiy tahlil etiladi, ular yuzasidan izohlar beriladi.
Ishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar kamida uch yillik ko‘rsatkichlar misolida tahlil etilishi, ular o‘zgarishidagi tendensiyalar, qonuniyatlar va sabab-oqibat bog‘lanishlari ochib berilishi kerak.
Xulosa va takliflar. Bu bo‘lim – butun ish natijasi hisoblanadi. Bu olingan natijalarning ketma-ket, mantiqan to‘g‘ri ifodalanishi bo‘lib, u umumiy maqsad va vazifalarga to‘g‘ri kelishi lozim. Tadqiqot mohiyati, uning nazariy va amaliy ahamiyati ifodalanadi, natijalar beriladi. Xulosa va takliflarning har biri bir abzas hajmida ifodalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa va takliflardan so‘ng foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Ushbu ro‘yxat kamida 20 ta adabiyotdan iborat bo‘lishi va talabaning mustaqil ijodiy ishini aks ettirishi lozim. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan har bir adabiyot kurs ishida aksini topishi lozim. Agarda muallif boshqa mualliflar ishiga tayanadigan bo‘lsa, keltirilgan materiallar qaysi manbadan olganligini ifodalab o‘tishi lozim. Umuman foydalanilmagan adabiyotlar bu ro‘yxatga kiritilmasliklari kerak.
Kurs ishining asosiy qismini to‘ldiruvchi va ularni tushunishga yordam beruvchi materiallar ilovalar qismidan joy olishi lozim. Ilovalar kurs ishining oxirgi betlarida joylashtiriladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling