Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi I bosqich iu-19 guruh talabasi
Download 128 Kb.
|
9.2iq.tal.Nigina
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi
- 9.2- mavzu.Marjinalizm taʼlimoti va neoklassik iqtisodiy maktablar 4. Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotlarining asosiy yoʼnalishlari 5. А
- +Qisqacha xulosa.
O`zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi I bosqich IU-19 guruh talabasi Abdukarimova Niginaning Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fanidan 9.2-topshiriq uchun bajargan ishi. 9.2- mavzu.Marjinalizm taʼlimoti va neoklassik iqtisodiy maktablar 4. Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotlarining asosiy yoʼnalishlari 5. Аlfred Marshallning iqtisodiy taʼlimoti 6. J.B.Klarkning iqtisodiy taʼlimoti 7. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat kontseptsiyasi +Qisqacha xulosa. 4.Dastlab neoklassik yoʼnalish K.Marksning gʼoyalariga qarama-qarshi reaktsiya sifatida yuzaga keldi va XX asrning 30-yillarigacha hukmron boʼldi. Bu orada Keyns va keynschilik taʼlimotiga eʼtibor kuchaydi. 70-80 yillarda davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari koʼp aralashuvi (Keyns gʼoyasi) iqtisodiyot rivojiga aks taʼsir eta boshladi. Shunda yana neoklassik taʼlimot «yordam»ga keldi. Gʼarb iqtisodiy adabiyotida bu yoʼnalish «Yangi klassik ekonomiks» deb nomlanmoqda. Hozirgi davrdagi «Ekonomiks» asosida marjinalistik nazariya yotadi va unda klassik siyosiy iqtisodni marjinalizm bilan sintezlash harakati mavjud.Ekonomiks sof iqtisodiyot va siyosiy iqtisod oraligʼidagi fan boʼlib (aniq tarjimasi yoʼq), qisqacha aytganda «qanday qilib resurslari cheklangan, tanqis boʼlgan jamiyatda nimani, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarishni» oʼrganadi. Bu fanning kelib chiqishi taniqli buyuk ingliz iqtisodchisi Аlьfred Marshall (1842-1924) nomi bilan bogʼliq, u iqtisodiyotni «insoniyatning normal hayot faoliyati toʼgʼrisidagi taʼlimot» deb baholaydi. 1902 yilda А.Marshall «Ekonomiks» kursini dastlab Kembridj universitetida oʼqiy boshladi, bu fan J.S.Millning siyosiy iqtisodi kursi (klassik maktab) oʼrniga kiritildi. Bundan oldinroq, 1890 yilda А.Marshallning «Ekonomiks printsiplari» kitobi chop etilgan edi.Ekonomiks» maktabining paydo boʼlishi tasodifiy bir hol emas edi. Bu, birinchidan, gʼarbdagilarning ratsionalizmidan kelib chiqqan boʼlsa, ikkinchidan, undan ham chuqurroq sabablar mavjud edi. XIX asrning oxiridagi inqiroz va deyarli yigirma yillik depressiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi samarasiz ekanligini koʼrsatdi. 5. Marshall marjinalizm gʼoyasini musbat ravishda (Jevonani bilmagan holda) aniqladi. «Ekonomiks printsiplari» (1890) А.Marshallning bosh asari boʼlib, olti jilddan iborat.Individual va ijtimoiy jarayonlarning farovonlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan sohani oʼrganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» boʼlib, iqtisod yoki maksimizatsiyani bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal boʼlganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta eʼtibor qaratilgan.Olim tadiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi asosiy oʼrinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifatida, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar chiqqan va bir-biri toʼgʼrsida yaxshi maʼlumotga ega deb qaraladi. Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, talab va taklif chiziqlarining kesishganligini grafik (chizma) shaklidir. Chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, yaʼni muvozanatli, moʼtaʼdil baho oʼrnatiladi. 6. Klarkning yozishicha iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda), bular oʼz navbatida mos ravida «ish bajarganligi uchun», «kapitalni berib turgani uchun» va «ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani uchun» olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar «sogʼ aql bilan» aniqlanganda, ishlab chiqarish bilan shugʼullangan «insonlar sinfi»dan bironta odam bir-biriga daʼvo qila olmaydi. iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda), bular oʼz navbatida mos ravida «ish bajarganligi uchun», «kapitalni berib turgani uchun» va «ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani uchun» olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar «sogʼ aql bilan» aniqlanganda, ishlab chiqarish bilan shugʼullangan «insonlar sinfi»dan bironta odam bir-biriga daʼvo qila olmaydi. Klark fikricha, hayoliy statik ijtimoiy ishlab chiqarishga operatsiyalarning oʼzgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik jarayonlarda yaxshi maʼlum oʼsha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bunda oʼsmaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mehnat qurollari yordamida ishlanadi, oʼsha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish organizmi oʼz shaklini oʼzgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq sistemada boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda boʼladi. Klarkning yozishicha, «iqtisodiy dinamikada» jahonning normal boyligi koʼproq boʼladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha baland boʼladi. 7. V.Pareto funktsional yondashuv asosida almashuvning birdan bir sababi naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni butunligicha izohlashga oʼtdi, bunda talab (isteʼmol) va taklif iqtisodiyotda muvozanat elementlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga, «sof» iqtisodiy nazariyaga asoslanib, daromadlar tengsizligi ularni sinflar oʼrtasida taqsimlash bilan bogʼliqligini inkor etadi.Pareto naflikning anʼanaviy miqdoriy oʼlchash usullaridan voz kechib, «ijtimoiy maksimal naflik» tushunchasini izohlab beradi, bu tushuncha hozirgi davrda «Pareto optimumi» deb nomlanadi. Bu tushuncha shunday oʼzgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchaning farovonligi yo yaxshilanadi, yoki bozorning biror odam oʼz ahvolini boshqa odamning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi.Bu tovar va resurslarining eng yaxshi taqsimotini xakarterlaydi. Keyinchalik umumiy bozor muvozanati bozorning Pareto optimal holati ekanligi isbotlab berildi. Xoʼsh, bu nima degani? Bu bozor ishtirokchilarining hammasi oʼz foydasi uchun intilib, oʼzaro manfaat va foydalar muvozanatiga erishishidir. Bunda sumlar qoniqish (umumiy foydalilik) funktsiyasi oʼz maksimumiga etadi. Boshqacha qilib aytganda, А.Smit tomonidan ilgari surilgan mashhur «koʼrinmas qoʼl» toʼgʼrisidagi gʼoyalar amaliyot isbotlab berilgan.L.Valьras farqli V.Pareto modelida faqat erkin raqobat iqtisodiyotigina tahlil etilmaydi, turli tipdagi monopol bozorlar ham qarab chiqiladi, bu tadqiqotlar XX asrning oʼrtalaridagina alohida tadqiqot predmetiga aylandi. Ular tahlilning yangi ikki boshqa yoʼnalishi bilan birlashib ketdi: 1) bozor mexanizmi nazariyasi; 2) firma va uy xoʼjaligi faoliyati tahlili. Xulosa: Neoklassik tendentsiya XIX asrning oxirida klassik iqtisodiy nazariya va marksizm g'oyalari, mehnatning mehnat nazariyasi g'oyalarini inkor etish, shuningdek iqtisodiy hodisalarni o'rganishning empirik usulini mutlaqo yo'q qilgan tarixiy maktab tanqidiga uchragan. Ushbu sohaning asoschilari: Menger, Marshall, Klark, Uolras, Jevons va boshqalar. Neoklassik tadqiqot mavzusi boshqaruvning shakllari va iqtisodiy shakllari, resurslardan samarali foydalanish muammolari va erkin raqobatda kapitalistik korxonalarning natijalarini optimallashtirish. Asosiy e'tibor iste'mol sohalari va iste'mol tovarlari almashinuviga qaratiladi. Neoklassik iqtisodiy nazariyaning metodologik asosi marginalizm bo'lib, u shuningdek foyda va marjinal mahsuldorlik nazariyalari, shuningdek ishlab chiqarish omillari nazariyasi sifatida ham tanilgan. Muhim nuqta - neoklassik marjinal tahlil tamoyillarini tushunish. Subyektiv psixologik printsip. Boshlang'ich nuqta bozor agentlarining shaxsiy foydalari va zararlarini sub'ektiv baholashdan iborat bo'lib, ularning asosida turli xil iqtisodiy hodisalar tushuntiriladi. Iste'molning ishlab chiqarishdan ustunligi printsipi. Marjinalistlar faqat tovarlarning subyektiv baholarini tan oladilar. Ularning fikriga ko'ra, kishi ishlab chiqarish vositasi emas, balki o'zi uchun foydasi, iste'molchi foydasining foydasi haqida ba'zi bir fikrlarni bildirishi mumkin. E`tiboringiz uchun raxmat!!! Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling