Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish


Download 80.97 Kb.
bet8/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish
Respublika budjeti taqchilligi:
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish;
respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
.
Davlat maqsadli jamg‘armalari
Davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i;
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

IV. BUDJETLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR
Davlat budjeti mablag‘larini budjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash
Davlat budjeti mablag‘lari turli darajadagi budjetlar o‘rtasida quyidagi yo‘llar bilan qayta taqsimlanadi:
yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari berish;
budjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yo‘naltirish;
budjet ssudalari ajratish.
Respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga qabul qilingan Davlat budjeti doirasida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli qabul qilingan budjetlar doirasida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, yuqori budjetlardan beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga o‘tkazishi mumkin.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling