Xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |