Iqtisodiyot fakulteti sirtqi bo’lim “Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo‘yicha” yo’nalishi mek-83 guruh talabasi


Download 64,27 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi64,27 Kb.
#1746702
Bog'liq
mek 83 guruh talabasi oltmishev bunyodbekning dinamik makroiqtisodiyot

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,

FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI

SIRTQI BO’LIMIqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo‘yicha” yo’nalishi MEK-83 guruh talabasi

Oltmishev Bunyodbekning Dinamik makroiqtisodiyot fanidan

MUSTAQIL ISHI MAVZU: Keyns modellari va Fillips egri chizig'i

REJA:

1.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari

2.Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar

3.Filips egri chizig’i

Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko‘ra iqtisodiyotda faqatgina to‘liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko‘ra mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub’ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o‘zida boshqa sub’ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo‘ladi.

Klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra AD ≠ AS holati ro‘y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya’ni AD< AS holati ro‘y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.

Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to‘liq bandlilgini ta’minlab turadi. Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o‘ziga xos xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko‘zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi.

Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko‘ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida amal qiladi, ular o‘rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali ta’minlab turadi deb hisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamg‘armalar tengligini hamda to‘liq bandlik sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi.

Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga harakat qilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalarning ko‘payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z vaqtida investitsiyaning o‘sishini ta’minlaydi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o‘zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi.

Iqtisodiyot o‘z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo‘linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflatsiya darajalari o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham baholar darajasinining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflatsiyasi ro‘y beradi.

Ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig‘i deb ataladi. Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog‘lig‘likni xarakterlaydi.

Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko‘ra, shuningdek, inflatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig‘idagi inflatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflatsiyaning sur’atiga bog‘liq. Kutilayotgan inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo‘lgan inflatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflatsiya darajasi yuqori bo‘ladi.

Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin: Yh – Yp π = πkut + f (------------- ) + ε Yp Bu yerda π - inflatsiyaning haqiqiy darajasi; πkut- inflatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh – Yp f (------------- ) - talab inflatsiyasi; Yp f - Fillips egri chizig‘ining og‘ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho shoki (taklif inflatsiyasi). Ouken qonuniga ko‘ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Ymiqdor davriy ishsizlikning o‘zgarishiga bog‘liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig‘ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:

= πkut - β [ u –u*] + ε Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyasiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog‘likka ega ekan.

Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 64,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling