Iqtisodiyot” fakulteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” fanidan
Download 166.9 Kb.
|
tarmoq 2
Besh asosiy tamoyil19
19 Karimov I.A. O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li. – T.: «O‘zbekiston», 1993. 42 bet
Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik sharoitlarini shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga asta-sekin, bosqichma-bosqich, aholining zaif qatlamlarini himoya qila borib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikni ta’min-lash orqali bozor munosabatlariga o‘tishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, hamjihatlik, maslahat bilan ish yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan harakat qilishni talab etadi. Bu orada sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir. «Tajribamdan ko‘rilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. CHunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi».20 Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: -yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatlik; -boshqarish jarayonida rejalilikni bozor talablari bilan bog’lab olib borish; -barqarorlik tamoyili; -mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyili; -ilmiylik tamoyili; 20 Qarang, «Temur tuzuklari». – T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. 24 bet -tejamkorlik tamoyili; -kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyili. Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: tashkiliy-ma’muriy usullar; iqtisodiy usullar; ijtimoiy-ruhiy usullar; tarbiyaviy usullar; huquqiy usullar va h.k. Download 166.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling