Iqtisodiyot” fakulteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” fanidan


Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari


Download 166.9 Kb.
bet3/9
Sana02.10.2023
Hajmi166.9 Kb.
#1690569
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarmoq 2

Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari


Boshqaruv tamoyillari deganda, rahbarlik qilishning fundamental qoidalari tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar harakati va boshqarish usullari bilan bog’liq bo‘lgan voqeliklarning mohiyatini aks ettiradi.
Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin:

qonunlar – tamoyillar – usullar – uslublar


Ushbu mexanizmning eng muhim elementi qonun hisoblanadi. SHu sababli u to‘g’risida ikki og’iz so‘z aytish kerak bo‘ladi. Qonun bu obektiv borliqda turli hodisalar o‘rtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari, hamma mavjud bo‘lgan zaruriy bog’lanish, munosabatdir. Masalan, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot qonunlari: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni va boshqalar.
Qonun – bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mehnat qilayotganlar uchun ham majburiy bo‘lgan ijtimoiy huquqiy me’yor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy hujjat. Masalan, Konstitutsiya O‘zbekiston davlatining asosiy qonunidir.
Tamoyillarni boshqaruv fani nazariyasi va amaliyotning poydevori deyish mumkin. Ma’lumki, poydevor qancha mukammal va mustahkam bo‘lsa, boshqaruv apprati shunchalik qudratli bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizga ega. Xususan, O‘zbekistonda bu tamoyillar Amir Temur hukmronligi davrida shakllana va rivojlana boshlagan. O‘zining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi O‘zbekistondek buyuk davlat: ilmiy, yakkaxonlik, ierarxiya (bo‘ysinish tartibi), bilimdonlik, javobgarlik, demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolga erishishining asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida qayd etilgan (6-jadval):


    1. jadval

Bozor iqtisodiyotida O‘zbekistonda davlatni boshqarish



Download 166.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling