Iqtisodiyot” fakulteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” fanidan


Download 166.9 Kb.
bet5/9
Sana02.10.2023
Hajmi166.9 Kb.
#1690569
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarmoq 2

Besh asosiy tamoyil19




Asosiy tamoyillar

Asosiy tamoyillarning mohiyati

1.

Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi

Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u birorta mafkuraga
bo‘ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan holi qilish zarur.

2.

Davlat bosh islohotchi

Davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab
berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va


19 Karimov I.A. O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li. – T.:
«O‘zbekiston», 1993. 42 bet








uni izchillik bilan o‘tkazish, jaholatparastlar va
konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.

3.

Qonunlar va ularga
rioya qilish ustuvorligi

Qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim.
Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istinosiz hamma hurmat qilishi va ularga
og’ishmay rioya etishi lozim.

4.

Kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish

Aholining demokratik tarkibini hisobga olgan
holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan
ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

5.

Bozor iqtisodiyotiga
sekin-asta, bosqichma-bosqich o‘tib borish

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obektiv iqtisodiy
qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar» siz, ya’ni
tadrijiy yo‘l bilan, puxta uylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik sharoitlarini shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga asta-sekin, bosqichma-bosqich, aholining zaif qatlamlarini himoya qila borib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikni ta’min-lash orqali bozor munosabatlariga o‘tishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, hamjihatlik, maslahat bilan ish yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan harakat qilishni talab etadi. Bu orada sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir. «Tajribamdan ko‘rilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. CHunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi».20


Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatlik;
-boshqarish jarayonida rejalilikni bozor talablari bilan bog’lab olib borish;
-barqarorlik tamoyili;
-mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyili;
-ilmiylik tamoyili;

20 Qarang, «Temur tuzuklari». – T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. 24 bet

-tejamkorlik tamoyili;


-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyili.
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • tashkiliy-ma’muriy usullar;

  • iqtisodiy usullar;

  • ijtimoiy-ruhiy usullar;

  • tarbiyaviy usullar;

  • huquqiy usullar va h.k.


Download 166.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling