Iqtisodiyot” fakulteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” fanidan
Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Download 166.9 Kb.
|
tarmoq 2
Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlariSanoat ishlab chiqarishiga oqilona rahbarlik qilish mamlakat iqtisodiyotning yanada taraqqiy etishiga va mustahkamlanishiga har doim katta ta’sir ko‘rsatib keldi va kelgusida ham yetarli ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham sanoatni boshqarish masalalari doimo Respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining diqqat e’tiborida bo‘ladi. Natijada, sanoatni boshqarish tizimi milliy iqtisodiyot va sanoat oldida turgan vazifalarga bog’liq ravishda muttasil o‘zgarib turadi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng boshqaruv tizimida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Iqtisodiyotga rahbarlikning ilmiy asoslari, ishlab chiqarishni boshqarishning tamoyillari va usullari ishlab chiqildi, boshqaruvning yangi tuzilmalari, ularning funksiyalari, huquqlari va burchlari belgilandi. Lekin, hali xo‘jalikka rahbarlik qilish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshilash borasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar kam emas. SHuning uchun kelgusida sanoat ishlab chiqarishiga rahbarlik qilishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalish-larini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: Bozor iqtisodiyoti qoidalari va demokratik tamoyillarga asoslan-gan boshqaruv tizimini barpo etish; Boshqaruvni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni mafkuradan to‘la holi qilish, iqtisodning siyosatdan ustuvorligini ta’minlash; Xo‘jalikka rahbarlik qilishda davlatning bosh islohotchi bo‘lishiga erishish. Bozor munosabatlariga o‘tish chuqurlasha borgan sari davlatning boshqaruv tizimidagi mavqe’ini nodavlat tashkilotlari va o‘z-o‘zini boshqarish tizimlariga o‘tkaza borish; Boshqaruv jarayonlarining mustahkam huquqiy asoslarga qurilishini ta’minlash. Qonunlarning barcha boshqaruv subektlari va obektlari tomonidan og’ishmay bajarilishiga erishish; Bozor islohotlari bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirilishini inobatga olgan holda boshqaruv tizimini ham bosqichma- bosqich takomillashtirib borishni ta’minlash. Markazdan turib boshqarishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi kerak bo‘ladi: inson omilini maksimal darajada faollashtirish, jamiyatning intellektual salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish, samarali va sifatli mehnat qilish uchun sharoit va unga undovchi motivlarni yaratish; aholining ish bilan samarali va oqilona band bo‘lishini ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyilini izchil amalga oshirish asosida mamlakat aholisining turmush darajasini yuksaltirish; eng yangi, avvalo ilm-fan asosida taraqqiy etadigan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadallik bilan rivojlantirish; mamlakat ishlab chiqarish apparatini texnika va texnologiya jihatidan doimo yangilab turish, undan oqilona foydalanishni to‘la ta’minlaydigan tarkibiy va investitsiya siyosatini yuritish; respublikaning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va uni ishlab chiqarish bilan birlashtirish, fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini va axborot texnologiyalarini jadalroq rivojlantirishga, xavfsiz va ekologik jihatdan toza ishlab chiqarishlarni yaratishga, iqtisodiyotni intensivlashni ta’minlaydigan miqyoslarda resurslarni tejashga erishishga qaratilgan ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish; bozor iqtisodiyotining barcha vositalaridan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarishning barcha sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga e’tiborni kuchaytirish; barcha viloyatlar va tumanlar manfaatlarini aks ettiradigan va ulardan har birining milliy iqtisod kompleksiga qo‘shadigan hissasini ko‘paytirishga yordam beradigan mintaqaviy siyosatni amalga oshirish; xalqaro mehnat taqsimotining, integratsiyaning afzalliklaridan yanada samaraliroq foydalanishga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish. Markazlashgan rahbarlikning yangicha qiyofasi, o‘zbek modeliga xos xususiyati shu bilan tavsiflanadiki, bunda vazifalar ma’muriy usullar bilan emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan hal etiladi, ishlab chiqarish qatnashchilarining manfaatlarini birga qo‘shib olib borish asosida demokratik yo‘l bilan amalga oshiriladi. Boshqaruvning sifat jihatlari, samaradorligi juda ko‘p omillarga bog’liq: davlat va nodavlat idoralarining rahbarlarini to‘g’ri belgilashga; tegishli qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga; kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashga; nazoratni tashkil etishga; idora xodimlari mehnatining texnik jihatdan qurollanishiga. Bularning barchasini shartli boshqaruvning texnologiyasi desa bo‘ladi. Ayni vaqtda, masalaning bir muhim jihati, ya’ni xodimlarni boshqaruv jarayoniga tortish va ularning bu jarayonda manfaatdor sifatida qatnashishi alohida ahamiyat kasb etadi. Download 166.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling