"iqtisodiyot" fakulteti
NOMODDIY AKTIVLARGA AMORTIZATSIYA HISOBLASB VA BISOBDA AKS ETTIRISHNING TN‘G‘RILIGINI TEKSHIRISH
Download 71.85 Kb.
|
mustaqil ish Sultanov B audit
NOMODDIY AKTIVLARGA AMORTIZATSIYA HISOBLASB VA BISOBDA AKS ETTIRISHNING TN‘G‘RILIGINI TEKSHIRISH
Nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat) lar tannar- xiga to‘g‘ri olib borilishini tekshirish mobaynida auditor nomoddiy aktivlaming ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to‘g‘risida isbotga ega bo'lishi lozim. Nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya ajratmalari baholash miqdori bo'lib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o‘matilgan foydali xizmat qilish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining xosligini 7-son BHMS 7-§ ga muvofiq tekshirib ko'rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun 1-sonli NMA shakldagi kartochka va nomoddiy aktivlar obyektlarini hisobga qahul qilishda asos bo‘lgan dastlabki hujjatlardan foydalaniladi. Audit jarayonida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati to‘g‘ri belgilanganligiga e’tibor berish kerak. 7-son BHMS ga muvofiq, nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi omillami e’tiborga olish lozim: nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati; ishlab chiqarishni o'zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) larga nisbatan bozor talablarining o‘zgarishi natijasida texnika jihatidan eskirish; v) aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar, (masalan, foydalanish muddati tugashi bilan bog'liq bo'lgan cheklovlar). Nomoddiy aktivlaming foydali xizmat muddati korxona to- monidan nomoddiy aktiv buxgalteriya hisobiga qilinish chog'ida belgiJanadi. Nomoddiy aklivlaming foydali xizmat muddatini belgilash quyidagilardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi: patent, guvohnomaning ятя] qilish muddati va 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvoliq nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatining boshqa cheklanishi; ushbu obyektdan foydalanish ko'zda tutilayotgan muddat, ya'ni korxona iqtisodiy foyda (daromad) olishi mumkin bo‘lgan muddat. Nomoddiy aklivlaming alohida guruhlari uchun foydali xizmat muddati ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish natijasida olinishi kutilayotgan mahsulotlar miqdori yoki ishlar hajmining boshqa moddiy ko'rsatkichidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Foydali xizmat ko’rsatish muddatlarini amqlash imkoni boMmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha besh yil hisobida (lekin bu muddat xojalik yurituvchi subyektning faoliyat ko'rsatish muddatidan oshmasligi lozim). Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha auditor quyidagilarni tekshiradi: qo'llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari subyekt hisob siyosatiga mos kelishi; tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar obyektlari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to’g’ri o'tkazilishini. 7-son BHMS da nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullarini qo'llash nazarda tutilgan. Ular: amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash. Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, nomoddiy aktivlarni foydali xizmat muddati mobaynida ulaming amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amorlizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli. Amortizatsiya hisoblashrung ishJab chiqarish usuli har bir muayyan yilda nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga asoslangan. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, subyekt moliyaviy holatiga ta'sirini bilish va shu asosda malakali auditorlik xulosasi shakliantirish maqsadga muvofiq. Teng maromli hisoblash usuliga ko'ra nomoddiy aktiv- laming amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqari- ladi. Usui amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining davom etish vaqtiga bog'liqligiga asoslangan. Ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ish. xizmat) lar hajmining natural ko'rsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatni nomoddiy aktivning butun foydali xizmat muddatida nazarda tutilayotgan mahsulot (ish, xizmat) lar hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Nomoddiy aktivlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek, ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtiril- gan amortizatsiya yo‘li bilan il'odalanadi: ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamay- tirish usuli; yiJlar summasi usuli (kumulyativ usui). Auditor quyidagilarni bilishi kerak: Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamay- tirish usuliga ko‘ra amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy aktivning qoldiq qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo'yicha amor- tizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati bosh- lang'ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi. Yillar summasi usuliga (kumulyativ usul) ga ko'ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to'liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig'indisiga bo‘iish orqali aniqla- nadi. Nomoddiy aktiviar auditining nafijalarini umumlashtirish Nomoddiy aktivlami hisobga olishga doir muomalalami tek- shirish natijalari auditorlik hisobotida umumlashtiriladi. Har bir yo‘l qo'yilgan xato-kamchilik bo‘yicha: qaysi me’yoriy hujjat- ning qaysi talabi buzilganligi; yetkaziigan zarar summasi; aniqlangan xatoning subyekt faoliyati va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatish darajasi, jiddi- yligi va hokazolar aniqlanadi. Moliyaviy hisnbot rna’lumotlarining buzib ko'rsatilishi va balansning «Nomoddiy aktiviar» moddasi ishonchliligini tas- diqlash imkoni yo'qligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi: 0400 - «Nomoddiy aktivlami hisobga oladigan schyotlar* - (0410-0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktiviar qatoriga olib borilganligi; obyekllar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; nomoddiy aktivlaming inventar (balans) qiymatiga ulami sotib olish yoki yaratish bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlarning qo'shilganligi; analitik hisob yuritilmasligi va h.k Quyidagi faktlar subyekt da ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi: yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin nomoddiy aktiviar inventarizatsiya qilinmasligi; hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o'tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi; inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o‘z vaqtida aks ettiriimasligi; nomoddiy aktivlaming foydali xizmat qilish muddatlarini noto‘g‘ri (noqonuniy) belgilash oqibatida subyekt xojalik faoliyati moliyaviy natijalarining buzib ko'rsatishi; amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi; noishlab chiqarish sohasida ishiatiladigan nomoddiy aktivlar bo'yieha hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib horish; nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalami hisobda aks ettirish uslubiyotining buzilishi. Nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalami hisobda aks ettirish uslubiyotiga rioya qilmaslik soliq hilan bog‘liq noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan: to'lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar bo'yicha qo‘shilgan qiymal solig'ini budjetga taqdim qilish; nomoddiy aktivlarni sotish va shartnomaga asosan bepul berish mobaynida QQS hisoblamaslik va noto‘g‘ri aniqlash; nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilishi natijasida ko'rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi; nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganida daromad solig‘i ushlamaslik. Download 71.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling